"KO'MIR TA'MINOT" MChJNING RASMIY BAYONOTI
Nashr qilingan sana: 13.12.2023 01:09:272023/2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga jami 1 773,1 ming tonna, shundan aholiga 1 190,1 ming tonna, byudjet tashkilotlari uchun jami 582,9 ming tonna (DXSH asosida tadbirkorlik subyektlariga 234,8 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi belgilangan.
Joriy yil kuz-qish mavsumining 12-dekabr kuniga qadar:
▪️aholiga 932,1 ming tonna (78 foiz);
▪️byudjet tashkilotlariga jami 564,5 ming tonna (97 foiz), shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 344,9 ming tonna (99 foiz).
▪️davlat xususiy sheriklik (DXSH) asosida isitish tizimlarini boshqarish uchun jalb qilingan tadbirkorlik subyektlariga 219,5 ming tonna (96 foiz) mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.
Bugungi kunda aholi uchun 1 tonna ko‘mir – 309 800 so‘mdan
byudjet tashkilotlari uchun 1 tonna ko‘mir – 431 400 so‘mdan realizatsiya qilinmoqda.
Hududlardagi MFYlar tomonidan shakllantirilgan hamda mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlagan ro‘yxatga asosan mahalliy ko‘mir mahsulotlari “Ko‘mir ta’minot” MCHJning respublikadagi jami 90 ta hududiy omborlari va 13 ta shoxobchasi orqali aholi va byudjet tashkilotlari uchun yetkazib berilmoqda.
Ma’lumot uchun: “Ko‘mir ta’minot” MCHJning respublika hududlaridagi ko‘mir omborlarida 44,6 ming tonna mahalliy ko‘mir jamg‘arilib, 26,8 ming tonnasi yo‘lda ortib yuborilgan.
Farhod Hursanov,
"Ko‘mir ta’minot" MCHJ rahbar o‘rinbosari
Oxirgi yangiliklar:
"O'zbekko'mir" AJ BKUQ raisi A.Qayumovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli konchilar, hurmatli hamkasblar va aziz hamshaharlar! Sizlarni butun musulmon olamining eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlaridan biri — muborak Qurbon...
O'qish
Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Qurbon hayiti xalqimiz hayotid...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish
"O'zbekko'mir” AJ da “DOLZARB 30 KUN” oyligi davom etmoqda
“Dolzarb 30 kun” oyligi: xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda Yurtimizda joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aho...
O'qish