Kommunikatsiya – samarali muloqot va hamkorlik poydevori
Nashr qilingan sana: 25.09.2025 13:27:50
“O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari uchun кasbiy malaka oshirishga qaratilgan muhim tadbir – “Kommunikatsiya asoslari, inson hayotida kommunikatsiyaning tutgan o‘rni” mavzusida onlayn seminar-trening o‘tkazildi. Unga ish faoliyati yuzasidan xodimlar va murojaatchilar bilan ko‘p muloqot qiluvchi mutaxassislar jalb qlindi.
“Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” DM bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotini Muhammad Al-Xorazmiy maktabi o‘qituvchisi Shahnoza Sultonova olib bordi. Kasbiy malaka oshirishga qaratilgan mazkur tadbir ishtirokchilar uchun muhim tajriba maydoni bo‘ldi.
25-sentyabr kuni ZOOM platformasida soat 10:00–13:00 oralig‘ida o‘tkazilgan mazkur seminarda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Kommunikatsiya tushunchasi va uning inson hayotidagi beqiyos o‘rni;
🔹 Axborot almashish jarayonining asosiy unsurlari: manba (sender), qabul qiluvchi (recyeiver), xabar (message), kanal (channel) va aloqa/munosabat (feyedback);
🔹 To‘g‘ri va samarali muloqot orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, nizolarning oldini olish va jamoada birdamlikni kuchaytirish;
🔹 Og‘zaki nutq turlari – dialog va monologning turli ko‘rinishlari;
🔹 Jamoada sog‘lom muhitni yaratish, samarali muloqot madaniyatini rivojlantirish.
Seminar-trening davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan faol fikr almashdilar, savollariga atroflicha javob oldilar. Bu ularga nazariy bilim bilan birga ishlab chiqarish va kundalik faoliyatda amaliy qo‘llanadigan ko‘nikmalarni ham berdi.

Oxirgi yangiliklar:
Oila fayzi, jamoa tayanchisiz, aziz ayollar!
Qadrli va muhtaram opa-singillar! Yurtimizga nafosat, mehr va iliqlik olib kiruvchi go‘zal bahor ayyomi – 8 mart, Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Siz –...
O'qish
Ayollar qudrati: temiryo‘l xizmati va jasorat
Angren ko‘mir sanoati korxonalarida ayollar mehnati alohida o‘rin tutadi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining yirik transport tarmoqlaridan biri hisoblangan “Tem...
O'qish
Biz sizdan minnatdormiz, aziz konchi opa-singillar!
Ayol zoti borki, ular mehr va nazokat bilan hayotimizni bezaydi. Qadrli opa-singillar! Sizlarni yurtimizda keng nishonlanadigan bahor, go‘zallik va mehr-muhabbat ba...
O'qish
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “QMI” filialida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan k...
O'qish