Konchilar spartakiadasi: do‘stlik g‘alaba qozonadi
Nashr qilingan sana: 10.05.2024 03:50:25

Bugun ertalab «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlab an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan «Konchilar spartakiadasi»ga start berildi.
Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan korxxona boshqaruv apparati qoshidagi sport majmuasida tashkil etilayotgan tadbirda ijro apparati va barcha filiallar jamoalari sportning futbol, voleybol, stol tennisi hamda shaxmat va shashka turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashmoqdalar.
– Men sportning shaxmat turi bo‘yicha “Temir yo‘l transporti” filiali sharafini himoya qilayapman, – deydi tadbir ishtirokchisi Islom Boboev. – Spartakiadada ilk bor qatnashishim. Yaxshi tashkil etishibdi. Yuqori o‘rinlarni olishga harakat qilayapman. Raqiblarim ham chakana emas ekan. Maqsad, faqat yutish emas, balki ko‘p ming kishilik jamiyatimiz filiallaridagi hamkasblarimiz bilan tanishish, muloqot qilish.
Spartakida kechga qadar davom etadi va g‘oliblar tashkilotchi tomonidan munosib taqdirlanadi.




Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish