Korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhim!
Nashr qilingan sana: 15.05.2025 18:58:31

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiya qarshi targ‘ibot tadbirlarining navbatdagisi bugun, 15-may kuni “Moddiy-texnik ta'minot va ijtimoiy soha” filialida bo‘lib o‘tdi.
Jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati tushuntirilib, ushbu hujjat asosidagi vazifalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Ushbu illatga qarshi kurashish uchun jamoatchilikda korrupsiyaga qarshi murosasizlikni shakllantirish juda muhimdir.
Tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish