Korxonalarni tabiiy gazdan koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazish boʻyicha qoʻllanma yaratildi
Nashr qilingan sana: 18.05.2023 03:13:43"Oʻzsanoatqurilishbank" va "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi hamkorligida sement, gʻisht va ohak ishlab chiqaruvchi korxonalarni tabiiy gazdan koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazish boʻyicha namunaviy uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi. Bu haqida uzdaily.uz elektron nashri xabar berdi.
(http://www.uzdaily.uz/uz/post/8039)Davlatimiz rahbarining joriy yil 16 fevraldagi "2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori asosida ishlab chiqarish korxonalarini koʻmirga oʻtkazish boʻyicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
250 ta korxonani faqat koʻmir yoqilgʻisi uchun qurilish materiallari ishlab chiqarish yoʻnalishiga oʻtkazish boʻyicha maqsadli ishlar yoʻlga qoʻyildi.
SEMENT, gʻisht va ohakni tabiiy gazdan koʻmirga oʻtkazish boʻyicha namunaviy qoʻllanma bu boradagi ishlardan biridir.
Qoʻllanmada tabiiy gazdan koʻmir yoqilgʻisiga oʻtish davridagi texnologik jarayonlar, zarur asbob-uskunalar va qurilmalar, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bosqichlari hamda koʻmir xom ashyosining xususiyatlari, uni toʻgʻri tanlash va undan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Koʻmir yoqilgʻisidan foydalanishda xorij tajribasi, ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash, shuningdek, ekologiya, atrof-muhit va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Tijorat banklari tomonidan mazkur yoʻnalishda taklif etilayotgan kreditlar haqida ham maʼlumotlar berildi.
Qoʻllanmaning elektron talqinini "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining rasmiy veb-saytlari – uzsm.uz va "Oʻzsanoatqurilishbank" -sqb.uz dan yuklab olish mumkin.
Oxirgi yangiliklar:
Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami tabrigi
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ ishchi-xodimlari va aziz hamshaharlar! Sizlarni Ramazon hayiti hamda yangilanish, yasharish va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami b...
O'qish
Angren konchilari faoliyati xaqaro e’tirofda
“Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart sonida yana bir tahliliy maqola o‘quvchilar hukmiga havola qilindi. Ushbu maqola ham angrenlik jurnalist Diana A...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Nodirbek Uktamjanovich Dusmatovning bayram tabrigi
Avvalo, barchangizni kirib kelayotgan ulug‘ va qutlug‘ ayyomlar – Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Bu yil ushbu ikki mu...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish