Официальный комментарий к сообщениям о местных ценах на уголь
Дата публикации: 01.12.2025 19:58:31Ijtimoiy tarmoqlarda Horazm viloyati Bog‘ot tumanidagi ko‘mir omborida mahalliy ko‘mir yoqilg‘isining mayda va yirik fraksiyalari turlicha narxlarda sotilayotgani haqida tarqalgan tanqidiy xabar yuzasidan “Ko‘mir ta’minot” MChJ Xorazm viloyati filiali rahbari K. Jumaniyozov quyidagilarni ma’lum qiladi:
Respublika iste’molchilariga mahalliy ko‘mir yetkazib berish davlat tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, aholiga belgilangan tartibda sifat guvohnomasi va me’yoriy hujjatlar asosida, shuningdek Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2023 yil 27- oktabrdagi 18-son yig‘ilish bayonida belgilangan imtiyozli narxlar asosida – 1 tonnasi 309 800 so‘mdan yetkazib berilmoqda.
Ko‘mir mahsulotlarini omborda saralash yoki turli narxlarda sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘mir tarqatish jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida hududlardagi mahalla raislari va mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan.
Bog‘ot tumani aholisiga joriy kuz-qish mavsumida 19 251 tonna mahalliy ko‘mir tarqatilishi rejalashtirilgan. Bugunga qadar ko‘mir omborlariga 15 942 tonna mahalliy ko‘mir qabul qilib olingan. Amalda 15 618 tonnasi aholiga tarqatilgan holda 324 tonna ko‘mir zaxirasi yaratilgan.
Ma’lumot uchun: aholi ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan mahalliy ko‘mir mahsuloti 2BZR markasi sifat tasnifi:
– o‘lchami – 0-700 mm;
– ️kulchanligi – 17 foizgacha;
– ️namligi – 40 foizgacha
– ️mineral qo‘shimchalar (birikmalar) – 3 foizgacha;
– issiqlik ajratish kaloriyasi – 3200 kkal/kg.
Tuman ko‘mir omboridan aholi iste’molchiga ko‘mir yetkazib berish ishlari jadal ravish davom etmoqda. Shu bilan birga, tarqatilayotgan mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi belgilangan tartib va standart talablariga muvofiq yetkazib berilishi ta’minlanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan asossiz ma’lumotlar jamiyat orasida xavotir va norozichilik kayfiyatini uyg‘otishga sabab bo‘lishi mumkinligi bildiriladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Последние новости:
Деятельность АО “Узбекуголь” в международных публикациях
В российском журнале "Глобус: геология и бизнес", в марте 2026 года, была опубликована статья «Наш угольный потенциал» («Бизнинг кўмир салоҳиятимиз»), автором которой явл...
Читать