Maishiy korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 05.11.2025 19:33:245noyabr kuni “O‘zbekko‘mir” AJning “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filialida O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyunda qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati hamda korrupsiyaning ko‘rinishlari va uning kelib chiqish sabablariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Jamiyatda maishiy korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik – har bir xodimning ustuvor vazifasi bo‘lishi lozim” mavzusida tashkil etildi.
Seminarda korrupsiya odatda yirik siyosiy yoki iqtisodiy mojarolar bilan bog‘lanishi mumkinligi, ammo uning eng keng tarqalgan va kamroq ko‘zga tashlanadigan ko‘rinishi – maishiy korrupsiya ekani ta’kidlandi. U davlat yoki jamiyatning yuqori qatlamlarida emas, balki har bir fuqaro duch keladigan kundalik hayot sohalarida yuz berishi mumkinligi, aynan shunday “odatiy” holatlar korrupsiya madaniyatini kuchaytirayotgani haqida ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolar va xodimlar korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelgan taqdirda, @uzbekcoal_bot va @antikorrupsiya_uzcoal_bot Telegram manzillariga murojaat qilishlari mumkinligi ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, korrupsiya illatiga qarshi samarali kurashish — faqat jamoaviy hamjihatlik orqali amalga oshishi mumkin.
Seminarda “O‘zbekko‘mir” AJ Komlayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati inspektori M. Abduraimov, filialning Komlayens bo‘yicha yetakchi mutaxassisi M. Odinamatov, shuningdek filial muhandis-texnik xodimlari ishtirok etdilar.

Oxirgi yangiliklar:
Aksiyadorlar diqqatiga: aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2026-...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchilik...
O'qish
Angren – mehnat, jasorat va taraqqiyot shahri
Joriy yil 13-iyun kuni Angren shahri o‘zining qutlug‘ 80 yilligini nishonlaydi. Ayni kunlarda shahar bayram nafasi bilan yashamoqda. Ko‘chalaru xiyobonlarda obodonlas...
O'qish
“O‘zbekko‘mir”: hajm emas, sifat ustuvor – qazib olish siyosati yangilanmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ko‘mir qazib olish hajmining o‘tgan yilga nisbatan qisqartirilishi ayrim media faollarida turli savol va muhokamalarni ke...
O'qish