Maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 17.06.2025 19:15:45.jpg)
17-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil-texnologik transporti” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’yekt tuzilmalarining shahar fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
“Dolzarb 30 kun” tadbirlari doirasida tashkil etilgan mazkur o‘quv mashqi favqulodda vaziyatlarda xodimlarning tezkor va samarali harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish, ularning muvofiqlikda ishlashini ta’minlash, shuningdek, xavfsizlik choralarini amaliyotda mustahkamlashga qaratildi.
Mashg‘ulot davomida 72 nafar ishchi-xodim ishtirok etdi, oltita maxsus texnika jalb qilindi. Jarayonda shartli favqulodda holat yuzaga kelganida tuzilmalar va xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi.
Tadbir yakunida “Avtomobil-texnologik transporti” filiali favqulodda vaziyatlarga tayyorlik darajasi bo‘yicha “Cheklangan tayyor” deb baholandi.

Oxirgi yangiliklar:
Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami tabrigi
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ ishchi-xodimlari va aziz hamshaharlar! Sizlarni Ramazon hayiti hamda yangilanish, yasharish va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami b...
O'qish
Angren konchilari faoliyati xaqaro e’tirofda
“Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart sonida yana bir tahliliy maqola o‘quvchilar hukmiga havola qilindi. Ushbu maqola ham angrenlik jurnalist Diana A...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Nodirbek Uktamjanovich Dusmatovning bayram tabrigi
Avvalo, barchangizni kirib kelayotgan ulug‘ va qutlug‘ ayyomlar – Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Bu yil ushbu ikki mu...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish