Murojaatlarning asosiy qismi qanoatlantirildi
Nashr qilingan sana: 10.01.2025 08:01:442024-yil davomida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga 454 ta murojaat kelib tushdi. Shundan jismoniy shaxslardan kelib tugan murojaatlar ‒ 446 tani, yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar ‒ 8 tani tashkil etdi.
Murojaatlarning 164 tasi yozma, 290 tasi elektron shaklda kelib tushgan.
Masalalar kesimida ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, murojaatlarning 11 tasi mehnat munosabatlariga oid, 91 tasi rahbarlar va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari bo‘yicha, 134 tasi homiylik va moddiy yordam masalalarida, 6 tasi oylik maosh to‘g‘risidadir. Shuningdek, 135 murojaat ko‘mir ta’minoti, 77 tasi turli masalalar bo‘yicha bo‘yicha yo‘llangan. ️
Murojaatlarning 227 tasi qanoatlantirildi, 114 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi, 26 tasi rad etildi, 14 tasi ko‘rib chiqilmoqda. Yil davomida takroriy tushgan murojaatlar 73 tani tashkil etdi.
2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali kelib 290 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 103 tasi qanoatlantirildi, 16 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi. 15 tasi ko‘rib chiqilmoqda. Anonim deb topilgan 157 murojaat ko‘rilmasdan qoldirilgan.
Xalq qabulxonalari orqali murojaat kelib tushmagan.
Malika Nazarova,
“O‘zbekko‘mir” AJ Ijro apparati murojaatlar bo‘yicha mutaxassisi

Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi islohotlar va amaliy ishlar
Ayni kunlarda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi davom etmoqda. Ushbu oylik BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq...
O'qish
Ochiq eshiklar kuni: jamoatchilik bilan uchrashuv
2025-yil 15-dekabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi....
O'qish
Qish keldi, ko‘mirdan muammo yo‘q...mi?
Bu savolga yorug‘ yuz bilan dadil javob berish uchun viloyatimizning har bir go‘shasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari puxta olib borildi. Qahraton kund...
O'qish
Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan spektakli namoyishi
“O‘zbekko‘mir” AJ “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan filial xodimlari uc...
O'qish