Navro‘z ayyomi muborak bo‘lsin, aziz konchilar!
Nashr qilingan sana: 20.03.2025 23:42:52

Assalomu aleykum, aziz konchilar!
Hurmatli hamkasblar!
Barchangizni kun bilan tun tenglashadigan sharqona yangi yil – Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklayman.
Navro‘z uyg‘onish, yangi fasldan darakdir. Ushbu munavvar ayyom ahillik, o‘zaro birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlarni kuchaytirib, kishilarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik va millatlararo totuvlikka chorlaydi.
Ayni kunlarda yurtimizning barcha go‘shalarida bayram shodiyonalari davom etmoqda. Zero, tinch va osuda, ozod va obod yurtga bayramlar yarashadi.
Jamiyatimiz aholisi ham Navro‘z ayyomini munosib mehnat sovg‘alari bilan kutib olayotgani quvonchli. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarda konchilarimizning faol ishtiroki, 1,3 gektar ochiq maydonda 20 ming tup daraxt va buta o‘simliklari ekib “yashil belbog‘” yaratilayotganini barchamizga manzara bag‘ishlaydi.
Qadrli do‘stlar!
Barchangizni Navro‘z bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Bu munavvar ayyom muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar!
Hurmat bilan,
Nodirbek Dusmatov,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori vazifasini bajaruvchi
Oxirgi yangiliklar:
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish
Maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelish...
O'qish