“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi
Nashr qilingan sana: 15.05.2025 19:08:13“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi

“O‘zbekiston energetika haftaligi” doirasida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib, ushbu nufuzli tadbirdan katta taassurotlar oldik.
Ko‘rgazma bizga energetika tizimidagi yangi texnologiyalar bilan tanishish, mutaxassislar bilan aloqalar o‘rnatish va sohadagi innovatsiyalarni o‘rganish imkonini berdi. Forum doirasida tizimli modernizatsiya va sof nol uchun transformatsiyadagi yetakchi ko‘rsatkichlar mavzusida seminar-trening ham qiziqarli kechdi.
Umuman olganda, ko‘rgazmada qatnashish, albatta, aksiyadorlik jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Bu bizga zamonaviy texnologiyalarni olib kelish, samarali ishlash va energetika sohasidagi global standartlarga moslashish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, 13-15-may kunlariga mo‘ljallangan “O‘zbekiston energetika haftaligi” bir qator yirik tadbirlarni o‘z ichiga olgan. “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazma hamda konferensiyasi, “Energetika, energiya tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2025” 18-xalqaro ko‘rgazmasi, “Markaziy Osiyoning yashil va energiya tejovchi texnologiyalari - GETCA”ixtisoslashtirilgan bo‘limi 5-xalqaro energetika konferensiyasi, shuningdek, xalqaro hamkorlar bilan bir qator G2B va B2B uchrashuvlari shular jumlasidandir.
Qutlug‘ Teshaboyev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Tashqi iqtisodiy aloqalar va investisiyalar departamenti boshlig‘i

Oxirgi yangiliklar:
“Shuhrat” medali – fidoyi mehnat e’tirofi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini muko...
O'qish
Ko‘mir sanoati xodimlari mehnatining yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning...
O'qish
Har bir murojaat nazoratda bo‘ladi
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining...
O'qish
“Yashil makon”: rahbar va yoshlar bir maydonda ko‘chat ekdi
Haftaning har payshanbasi rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan bo‘lib, galdagi uchrashuv “Yashil makon” umummilliy eko harakati doirasida o‘tkazildi. “O‘zbekko‘...
O'qish