“O‘zbekko‘mir” AJ: 9 oyda 4 739,7 ming tonna ko‘mir qazib chiqarildi
Nashr qilingan sana: 10.10.2024 05:03:50#9_oylik_natijalari
.jpg)
Jamiyatda joriy yilning yanvar-sentabr oylari yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:
Hisobot davrida ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1 294,6 mlrd. so‘m, taqqoslama narxlarda 1 124,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,9 foiz.
Ko‘mir qazib chiqarish 4 739,7 ming tonnaga yetkazildi, O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,4 foizni tashkil etdi.
Kon ustini ochish ishlari 20,2 mln. kub metr hajmda bajarildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118,0 foizga teng bo‘ldi.
Iste’molchilarga 4 012,8 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi. Bu boradagi o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,3 foizga teng bo‘ldi.
Shuningdek, tarmoq korxonalari omborlarida ko‘mir mahsulotlar qoldig‘i 1 304,1 ming tonna tashkil qildi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. To‘qqiz oy davomida 37 turdagi 4,4 mlrd. so‘mlik ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarildi va 2023-yilning mos davriga qaraganda 105,7 foiz o‘sishga erishildi.
Yanvar-sentabr oylarida sanoat mahsulotlari tannarxi 128,7 mlrd so‘m qisqartirildi. Jumladan, xom ashyo va materiallar uchun xarajatlarni optimallashtirish hisobiga 15,0 mlrd so‘m, energiya resurslarini oqilona ishlatish hisobiga 12,1 mlrd so‘m, asosiy fondlar samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirish hisobiga 99,0 mlrd so‘m mablag‘ni tejashga erishildi.
Atham Umarov,
Iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish bo‘limi boshlig‘i
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish