“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatiga oid maqola “Xalq so‘zi” gazetasida chop etildi
Nashr qilingan sana: 06.09.2025 11:07:09“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga bag‘ishlangan maqola respublikaning yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri — “Xalq so‘zi” gazetasida eʼlon qilindi. Ushbu material 2025-yil 5-sentabr sanasida gazetaning navbatdagi sonida chop etilgan
Raqamlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2024 yilda respublikamiz bo‘yicha 9 mingdan ziyod mahallalardagi 1,4 milliondan ortiq xonadonlardan onlayn arizalar qabul qilindi va jami 760 ming tonna ko‘mir iste’molchilarga yetkazib berildi.
Ochig‘i, ilgari bunday imkoniyatning o‘zi yo‘q edi. Qaysi idorayu qaysi mahallaga qancha ko‘mir yetkazildi, qaysi kam ta’minlangan oilaning ko‘mir olishga imkoni yo‘q, qaysi hududdagi omborda mahsulot yetishmayapti, buni uzluksiz nazorat qilib bo‘lmasdi. Endilikda raqamlashtirish yangi platforma asosida ishlash barcha jarayonni xuddi kaftdagidek ko‘rib turish imkonini bermoqda. Hukumatimiz tomonidan jamiyatimiz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni so‘zsiz bajarish, kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘ryapmiz.
Bugungi kunda “Mycoal.uz” platformasiga integratsiya qilingan tizimlar orqali kondan ko‘mir qazib olish, temir yo‘l orqali tashish va omborlarga yetkazib berish jarayonlarini to‘liq videokuzatuvga olganmiz. GPS-treking, elektron tarozilar va avtomatlashtirilgan hisobot tizimlari joriy qilinib, inson aralashuvi keskin kamaytirildi. Ayni chog‘da “Angren” va “Sharg‘un” konlarida qazish jarayonlari onlayn tarzda kuzatib borilmoqda.
Joriy yilda amaldagi platforma orqali aholiga 1,4 million tonna, byudjet tashkilotlariga 414,6 ming tonna, davlat-xususiy sheriklik asosidagi muassasalarga esa 245,6 ming tonna ko‘mir yetkazib berish 90 ta hududiy ombor va 15 ta mavsumiy shoxobcha orqali amalga oshirilmoqda. Ayni paytda zaxirada 100 ming tonnadan ziyod mahsulotlar bor. Bir tonna ko‘mir narxi esa aholi uchun 309 ming 800 so‘m, byudjet tashkilotlari uchun 431 ming 400 so‘m qilib belgilangan.
Aholi uchun ajratilgan ko‘mir hajmi o‘tgan yildagidan qariyb ikki karra ko‘p. Demak, “ko‘mir kam, yetmayapti” degan bahonalarga aslo o‘rin yo‘q. Mahsulot sifati ham yuqori. Buni internet orqali platformamizga kirib kuzatsangiz ham bo‘ladi. Shuningdek, jamiyatimiz qoshida aholi va tashkilotlardan kelib tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish maqsadida 5 nafar xodimdan iborat Call-markaz ishlab turibdi. Telegram orqali tashkil qilingan guruhlarda esa mavjud muammolar tezkorlik bilan hal etilmoqda.
Galdagi vazifa barcha hududiy omborlarni raqamli yagona elektron manzilga ulash, elektron to‘lov ko‘lamini kengaytirish, aholi o‘rtasida raqamli xizmatlardan foydalanish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borish, xalqaro tajribalar asosida nazorat va hisobotning zamonaviy modellari joriy etishdan iboratdir. Shu tariqa kelgusida “O‘zbekko‘mir”ning nafaqat ishlab chiqarish, balki raqamli xizmat ko‘rsatishdagi salohiyati ham yanada oshadi.
Shamil Nigmatulin,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot texnologiyalari xizmati rahbari.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida tadbirlar davom etmoqda
22-oktabr kuni navbatdagi tadbirlar “Angren ko‘mir koni”, “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” hamda “Avtomobil-texnologik transport” filiallarida tashkil etildi....
O'qish
Brifing: iste’molchilarni ko‘mir bilan ta’ьinlashning borishi yuazsidan ma’lumot berildi
Joriy yilning 22-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati rahbari Ne’mat Dushayev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda respubli...
O'qish
“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida tadbirlar o‘tkazildi
2025-yil 21-oktyabr kuni “TTUS zavodi”, “MTT va IS” hamda “Apartak ko‘mir koni” filiallarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar ishtirokida zilzila bilan bog‘...
O'qish
O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan jami...
O'qish