Ishga qabul: korrupsiyaga yoʻl yoʻq
Nashr qilingan sana: 27.04.2023 06:14:0427 aprel kuni "Oʻzbekkoʻmir" AJ korxonalariga ishga qabul boʻyicha navbatdagi tanlov oʻtkazildi.
Jamiyatda shaffoflikni taʼminlash, ishga qabul jarayonida korrupsiyaning oldini olish va talabgorlarga teng sharoit yaratib berish boʻyicha qator tadbirlar olib borilmoqda. Boʻsh ish oʻrinlariga arizalar onlayn tarzda qabul qilinayotgani va ular ishchi guruhi tomonidan puxta va oshkora koʻrib chiqilayotgani bunga yaqqol misol boʻla oladi.
Jamiyatning internetdagi rasmiy veb-saytida boʻsh ish oʻrinlariga bu gal 84 kasb boʻyicha tanlov eʼlon qilingan edi. Ushbu kasblar boʻyicha qisqa vaqt ichida 252 onlayn ariza kelib tushdi. Ushbu arizalar boʻyicha talabgorlarning boʻsh ish oʻrinlariga mosligi oʻrganilib, 143 fuqaroning hujjatlari tanlagan kasbiga muvofiq deb topildi va dastlab ularning 73 nafari test sinovlari jarayoniga jalb etildi.
Testdan sinovlarida yetarli ball toʻplagan 27 nomzod mutaxassislar suhbatidan muvaffaqiyatli oʻtgach, tanlagan kasbi boʻyicha ishga joylashish uchun yoʻllanma oldi.
Ishga qabul qilinadigan fuqarolarga qabul boʻyicha ishchi guruhi tomonidan ish sharoitlari, belgilangan oylik ish haqi va moddiy javobgarliklar toʻgʻrisida tushuntirish berib oʻtildi.
Qayd etish kerak, arizalar onlayn berilayotgani va nomzodlarni maxsus ishchi guruhi tomonidan sinov asosida ishga qabul qilish yoʻlga qoʻyilgani oʻzining yaxshi samarasini bermoqda.
Avvalgi sinovlar bilan taqqoslaganda, bu gal ish izlayotgan fuqarolar, xususan yoshlar oʻz ustida ishlab, tanlagan kasbi boʻyicha nazariy bilimlarini oshirishga harakat qilishmoqda. Bu test sinovlarida ularning ancha yuqori ball toʻplayotganida yaqqol koʻrinmoqda.
Bilimli, oʻz kasbining sir-asrorlarini puxta egallagan mutaxassislardan korxonamiz ham yuqori manfaatdor. Ular murakkab kon-texnikalarini muvaffaqiyatli ishlatib, ulardan uzoq vaqt va oqilona foydalanishni taʼminlay oladilar.
Xulosa qilib aytganda, bugun "Oʻzbekkoʻmir" AJ korxonalariga ishga joylashish uchun barchaga teng va adolatli sharoitlar yaratib berilib, har qanday korrupsiyaviy holatlarga chek qoʻyilmoqda. Bunga ochiq va oshkora sinovlarda ishtirok etib oʻz bilimi va malakasini koʻrikdan oʻtkazayotgan fuqarolarning oʻzlari ham guvoh boʻlmoqdalar.
Qutlugʻ Teshaboyev,
Ijro apparati murojaatlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis, qabul komissiyasi aʼzosi
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ transformatsiya: xarid jarayonlari raqamlashtiriladi, ESG tamoyillari joriy qilinadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan keng qamrov...
O'qish
Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishni unutmang
15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni! Soliq kodeksining 423- va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar m...
O'qish
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”
2026-yil 1-mayga qadar mamlakatimizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida keng ko‘lamli targ‘ibot va tushuntirish is...
O'qish
Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi. “O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan...
O'qish