Ishga qabul: korrupsiyaga yoʻl yoʻq
Nashr qilingan sana: 27.04.2023 06:14:0427 aprel kuni "Oʻzbekkoʻmir" AJ korxonalariga ishga qabul boʻyicha navbatdagi tanlov oʻtkazildi.
Jamiyatda shaffoflikni taʼminlash, ishga qabul jarayonida korrupsiyaning oldini olish va talabgorlarga teng sharoit yaratib berish boʻyicha qator tadbirlar olib borilmoqda. Boʻsh ish oʻrinlariga arizalar onlayn tarzda qabul qilinayotgani va ular ishchi guruhi tomonidan puxta va oshkora koʻrib chiqilayotgani bunga yaqqol misol boʻla oladi.
Jamiyatning internetdagi rasmiy veb-saytida boʻsh ish oʻrinlariga bu gal 84 kasb boʻyicha tanlov eʼlon qilingan edi. Ushbu kasblar boʻyicha qisqa vaqt ichida 252 onlayn ariza kelib tushdi. Ushbu arizalar boʻyicha talabgorlarning boʻsh ish oʻrinlariga mosligi oʻrganilib, 143 fuqaroning hujjatlari tanlagan kasbiga muvofiq deb topildi va dastlab ularning 73 nafari test sinovlari jarayoniga jalb etildi.
Testdan sinovlarida yetarli ball toʻplagan 27 nomzod mutaxassislar suhbatidan muvaffaqiyatli oʻtgach, tanlagan kasbi boʻyicha ishga joylashish uchun yoʻllanma oldi.
Ishga qabul qilinadigan fuqarolarga qabul boʻyicha ishchi guruhi tomonidan ish sharoitlari, belgilangan oylik ish haqi va moddiy javobgarliklar toʻgʻrisida tushuntirish berib oʻtildi.
Qayd etish kerak, arizalar onlayn berilayotgani va nomzodlarni maxsus ishchi guruhi tomonidan sinov asosida ishga qabul qilish yoʻlga qoʻyilgani oʻzining yaxshi samarasini bermoqda.
Avvalgi sinovlar bilan taqqoslaganda, bu gal ish izlayotgan fuqarolar, xususan yoshlar oʻz ustida ishlab, tanlagan kasbi boʻyicha nazariy bilimlarini oshirishga harakat qilishmoqda. Bu test sinovlarida ularning ancha yuqori ball toʻplayotganida yaqqol koʻrinmoqda.
Bilimli, oʻz kasbining sir-asrorlarini puxta egallagan mutaxassislardan korxonamiz ham yuqori manfaatdor. Ular murakkab kon-texnikalarini muvaffaqiyatli ishlatib, ulardan uzoq vaqt va oqilona foydalanishni taʼminlay oladilar.
Xulosa qilib aytganda, bugun "Oʻzbekkoʻmir" AJ korxonalariga ishga joylashish uchun barchaga teng va adolatli sharoitlar yaratib berilib, har qanday korrupsiyaviy holatlarga chek qoʻyilmoqda. Bunga ochiq va oshkora sinovlarda ishtirok etib oʻz bilimi va malakasini koʻrikdan oʻtkazayotgan fuqarolarning oʻzlari ham guvoh boʻlmoqdalar.
Qutlugʻ Teshaboyev,
Ijro apparati murojaatlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis, qabul komissiyasi aʼzosi
Izohlar
ZAP
23.01.2026 03:35:04ZAP
22.11.2025 20:48:05ZAP
22.11.2025 20:48:05ZAP
22.11.2025 20:46:28default
02.09.2025 14:58:00Normoʻminov Husan Oʻktam Oʻgʻli
25.10.2024 05:01:20Nishonov Abror
05.05.2023 11:33:15Rahmatjonov Javohir Rahmatullo o'g'li
30.04.2023 05:13:20Abdullayeva Dilfuza
28.04.2023 04:46:41Oxirgi yangiliklar:
Davlatimiz rahbari koʻmir va uran sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni koʻmir va uran sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaqin istiqbolga moʻljallangan rejalar yuzasidan taqdimot bilan tan...
O'qish
Ishchi xodimlari uchun Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi
“Oʻzbekkoʻmir” AJ maʼmuriyati hamda Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning dam olishi va madaniy hordiq chiqarishini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston boʻylab...
O'qish
EDO ijro tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ijro apparati majlislar zalida EDO ijro tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi Mazkur seminar Unicon Soft kompan...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi
O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbir o‘tkazildi O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga q...
O'qish