Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida XABARNOMA
Nashr qilingan sana: 18.12.2025 11:17:50“O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 28-noyabrdagi yig‘ilish qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 26-dekabr kuni Toshkent viloyati, Angren shahar, Istiqlol ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosining majlislar zalida o‘tkaziladi.
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarni ro‘yhatga olish soat 14:00 dan boshlanadi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2025-yil 28-noyabr holatiga tuziladi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2025-yil 22-dekabr holatiga tuziladi.
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
3.“O‘zbekko‘mir”Ajning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash.
4. Jamiyat Ijroiya organ a’zolariga to‘lanadigan oylik ish haqining eng yuqori miqdorni belgilash.
5. Jamiyatning homiylik (xayriya), beg‘araz yordam ko‘rsatishga sarflanadigan harajatlarini belgilash.
6. Jamiyat Ijroiya organining 2026-yilga mo‘ljallangan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini tasdiqlash.
7. Jamiyat tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
8. Jamiyat Kuzatuv kengash a’zolarini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shahsni tasdiqlovchi xujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Angren shahar, Istiqlol ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab tanishishlari mumkin.
Telefonlar: (+998 71) 150-39-80; faks: (+998 71) 150- 39- 89. Elektron manzil: e-mail info@coal.uz, veb sayt: www.uzbekcoal.uz.
Jamiyat Kuzatuv kengashi.
Oxirgi yangiliklar:
“Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filiali ish jarayonidan fotolavha
“Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filiali ochiq kon ekskavatorlari, yuk tortish agregatlari va elektr uskunalarini to‘liq hamda joriy ta’mirlash ishlarini ama...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: Investitsiya uchun qulay obyekt sotuvga qo'yildi
E’LON INVESTITSIYA UCHUN QULAY OBYEKT SOTUVGA QO‘YILDI Oʻzbekko'mir AJ tasarrufidagi 10 (o‘n) gektarlik binolar majmui ochiq auksion savdosiga chiqarildi Oʻzbekko'...
O'qish
Davlatimiz rahbari Vashington shahrida Tinchlik kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi
Oʻzbekiston Prezidenti Tinchlik kengashining Gʻazo sektori boʻyicha faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sha...
O'qish
O'zbekko'mir AJ jamoalari “Chimgan Challenge — 2026” tog‘ festivalida ishtirok etdi
An’anaviy “Chimgan Challenge — 2026” tog‘ festivali yuqori saviyada tashkil etilib, ko‘tarinki ruhda yakunlandi. Mazkur nufuzli sport tadbirida “O‘zbekko‘mir” AJ sport...
O'qish