Поставки угля жителям Кашкадарьи продолжаются ускоренными темпами
Дата публикации: 28.11.2025 17:45:46Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyati aholisini mahalliy ko‘mir bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar jadal tashkil etilmoqda.
Xususan, Yakkabog‘ tumanida 2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumini beta’lafot o‘tkazish maqsadida aholi ehtiyojlari uchun 13 000 tonna ko‘mir mahsulotini tarqatish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda aholiga 7 050,5 tonna ko‘mir, ya’ni belgilangan hajmning 54 foizi yetkazib berildi.
Yakkabog‘ ko‘mir ombori rahbari S. Xurramovning ma’lum qilishicha, omborda hozirda 973 tonna ko‘mir mavjud. Qo‘shimcha ravishda 10 ta vagon orqali 700 tonna ko‘mir mahsuloti tumanga yetkazib kelinmoqda.
Aholiga tarqatilayotgan ko‘mir mycoal.uz platformasidagi onlayn ro‘yxat asosida berilib, jarayon maxsus kuzatuv moslamalari nazorati ostida amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan asossiz tanqidiy xabarlarga zid ravishda, omborda noqonuniy ko‘mir savdosi yoki tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy nazoratga olingan.
Eslatma: aholi o‘rtasida sabotaj xarakteridagi harakatlar yoki asossiz ommaviy norozilik kayfiyatini qo‘zg‘atish jamiyat xavfsizligiga tahdid sifatida baholanib, belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin”.
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot xizmati
Последние новости:
Процесс приема на работу освещен открыто и прозрачно
В целях обеспечения исполнения требований «Индекса открытости» в акционерном обществе процессы приема на работу организуются на основе принципов открытости и прозрачности...
Читать
Инфографика: Работа с обращениями в АО «Узбекуголь» по итогам I полугодия 2026 года
Инфографика: Работа с обращениями в АО «Узбекуголь» по итогам I полугодия 2026 года
Читать
АО «Узбекуголь»: по итогам первого полугодия количество обращений снизилось на 5,1 %
АО «Узбекуголь»: в первом полугодии количество обращений сократилось на 5,1 процента В первом полугодии 2026 года в Акционерное общество «Узбекуголь» поступило 262 обр...
Читать