Qimorbozlik ‒ eng yomon illat!
Nashr qilingan sana: 29.10.2024 23:55:33Bugun axborotlarning asosiy qismini internetdan olamiz. Biroq unga qattiq bog‘lanib qolish, ayniqsa zararli virtual o‘yinlar iskajasiga tushib qolishdan saqlanish kerak. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ana shu mavzuda ogohlikka da’vat etuvchi tadbir o‘tkazildi.

“Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida tashkil etilgan ushbu tadbirda jamiyati ijro apparati xodimlari va filiallar vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi qator satylar bloklangan, onlayn qimor esa taqiqlangan. Bu bejiz emas.
Afsuski, onlayn qimor bilan bog‘liq jinoyatlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilda 55 ta, 2020-yilda 86 ta, 2021-yilda 103 ta va 2022-yilda 90 ta aynan shunday turdagi jinoyatlar sodir etilgan.
Yig‘ilishda tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlarining yuqorilagi kabi ayanchli oqibatlari haqida so‘z bordi.
Ta’kidlaganidek, internet orqali pul tikiladigan turli o‘yinlarda ishtirok etish oqibatida katta mablag‘ni yutqazib qo‘yib, xonavayron bo‘lgan, hatto, o‘z joniga qasd qilganlar bor. Achinarlisi, totalizatorlar orqali pul topishga urinayotganlarning aksariyati yoshlardir. Ular allaqanday moʻjiza sabab bir lahzada katta yutuqlarga erishish mumkin, deb o‘ylashadi va ushbu illat iskanjasiga tushib qolayotganini bilmay qolishadi.
Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va reklama qilish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni doimo hushyor bo‘lishga, virtual o‘yinlar, ayniqsa onlayn qimor orqali orqali oson pul topishdan saqlanishga chaqirdilar.
Tadbirda onlayn qimor va uning ayanchli oqibatlariga bag‘ishlangan film namoyish qilindi.
Xasanboy Qosimov,
“O‘zbekko‘mir” AJ axborot xizmati mutaxassisi
Oxirgi yangiliklar:
"Oʻzbekkoʻmir" AJ tasarrufidagi “ShUKQO” filialida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi
2026-yil 19-fevral kuni Oʻzbekkoʻmir AJ tasarrufidagi “ShUKQO” filialida kimyoviy xavfli obyektlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik da...
O'qish
“Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filiali ish jarayonidan fotolavha
“Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filiali ochiq kon ekskavatorlari, yuk tortish agregatlari va elektr uskunalarini to‘liq hamda joriy ta’mirlash ishlarini ama...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: Investitsiya uchun qulay obyekt sotuvga qo'yildi
E’LON INVESTITSIYA UCHUN QULAY OBYEKT SOTUVGA QO‘YILDI Oʻzbekko'mir AJ tasarrufidagi 10 (o‘n) gektarlik binolar majmui ochiq auksion savdosiga chiqarildi Oʻzbekko'...
O'qish
Davlatimiz rahbari Vashington shahrida Tinchlik kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi
Oʻzbekiston Prezidenti Tinchlik kengashining Gʻazo sektori boʻyicha faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sha...
O'qish