Raqamli transformatsiya yoʻnalishi boʻyicha seminar tashkil qilindi
Nashr qilingan sana: 27.04.2023 09:41:53Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida kon-metallurgiya korxonalarida raqamli transformatsiya yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va oʻzaro tajriba almashish maqsadida vazirlikning raqamlashtirish sohasi masʼul xodimlari hamda "Olmaliq KMK" AJ, "Navoiy KMK" AJ, "Navoiyuran" DK, "Oʻzmetkombinat" AJ, "Oʻzbekkoʻmir" AJ vakillari ishtirokida seminar tashkil qilindi.
Tadbir davomida "Olmaliq KMK" AJ, "Navoiy KMK" AJ, "Navoiyuran" DKda raqamlashtirish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boʻyicha 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlar boʻlib oʻtdi.
Taqdimotlarga koʻra, "Olmaliq KMK" AJda 48 ta loyiha amalga oshirilib, 330 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ tejalishiga erishilgan. "Navoiy KMK" AJda kombinatning 30 ta kon zaxiralari JORC standartlari asosida qayta baholangan va ularning 3D modellari yaratilgan.
Shuningdek, seminar davomida muammoli masalalar va ularning yechimlari boʻyicha fikr almashildi, 2023 yilda kon-transport kompleksi, texnologik va biznes jarayonlarini raqamlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy axborot tizimlarini qoʻllash boʻyicha vazifalar belgilandi.
Seminar yakunida ishtrokchilar tomonidan raqamli transformatsiya yoʻnalishda amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishish hamda kombinatlarda joriy etilgan dasturlar va tizimlarni yaqindan oʻrganish maqsadida kon-metallurgiya korxonalariga amaliy tashriflar tashkil etishga kelishib olindi.
Shamil Nigmatullin,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ axborot texnologiyalari xizmati boshligʻi
Oxirgi yangiliklar:
Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami tabrigi
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ ishchi-xodimlari va aziz hamshaharlar! Sizlarni Ramazon hayiti hamda yangilanish, yasharish va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami b...
O'qish
Angren konchilari faoliyati xaqaro e’tirofda
“Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart sonida yana bir tahliliy maqola o‘quvchilar hukmiga havola qilindi. Ushbu maqola ham angrenlik jurnalist Diana A...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Nodirbek Uktamjanovich Dusmatovning bayram tabrigi
Avvalo, barchangizni kirib kelayotgan ulug‘ va qutlug‘ ayyomlar – Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Bu yil ushbu ikki mu...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish