Rasmiy munosabat: Namangan ko‘mir ombori bo‘yicha
Nashr qilingan sana: 07.11.2025 20:41:37Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahri aholisini ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash hamda arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mirni yetkazib berish jarayonida transport xarajatlari ortib ketayotgani haqida tanqidiy videolavhalar tarqaldi.
Holat yuzasidan “Ko‘mir ta’minot” MChJ mas’ullari bilan o‘rganish o‘tkazilib, quyidagilar ma’lum qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-iyuldagi 453-sonli qaroriga muvofiq, 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumida Namangan viloyati aholisini barqaror ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida jami 221,8 ming tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib berish belgilangan.
Shu jumladan, Namangan ko‘mir ombori Namangan shahri hamda Namangan, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlari aholisiga xizmat ko‘rsatishi belgilangan bo‘lib, aholi ehtiyoji uchun 17,5 ming tonna mahalliy ko‘mir ajratilgan. Hozirgi kunga qadar aholi xonadonlariga 3,1 ming tonna ko‘mir mahsuloti tarqatilgan bo‘lib, qolgan hajmlar belgilangan reja-grafik asosida navbatma-navbat yetkazib berilmoqda.
Aholi iste’molchilarini ijtimoiy jixatdan qo‘llab quvvatlash maqsadida arzonlashtirilgan (1 tonnasi - 309 800 so‘m) mahalliy ko‘mir sotuvi amalga oshirilmoqda. “Ko‘mir ta’minot” MChJ hududiy omborlarida aholi tomonidan xarid qilingan mahsulot omborga tegishli avtoyuklagichlarda bepul yuklab beriladi.
Iste’molchilarga ko‘mir yetkazib berish ishlari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Respublika aholisini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ko‘mirni ortib yuborish ishlari tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq tashkil etilib, Namangan viloyati hududiy ko‘mir omborlari ham ko‘mir muntazam ravishda yetkazib berilmoqda. Joriy kuz/qish mavsumida xususan, 7 noyabr holatiga Namangan viloyatidagi hududiy ko‘mir omborlariga 881 tonna zaxirasi mavjud bo‘lib, “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ayni paytda temir yo‘l orqali 59 vagon (4,1 ming tonna) mahsulotlari ortib yuborilgan.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Глобус: геология и бизнес” jurnalida Angren konchilari haqida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasida chop etilаdigan “Globus: geologiya i biznes” xalqaro jurnalining 2025-yil dekabr sonida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga bag‘...
O'qish
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida XABARNOMA
“O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 28-noyabrdagi yig‘ilish qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-y...
O'qish
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi islohotlar va amaliy ishlar
Ayni kunlarda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi davom etmoqda. Ushbu oylik BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq...
O'qish
Ochiq eshiklar kuni: jamoatchilik bilan uchrashuv
2025-yil 15-dekabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi....
O'qish