Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Nashr qilingan sana: 08.04.2026 16:03:54Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan taqdimotda jamiyat mutaxassislari hamda filiallar mexaniklari va mehnat xavfsizligi xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda tog‘-kon sanoati uchun mo‘ljallangan zamonaviy raqamli va innovatsion yechimlar, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, transport-logistika tizimlarini takomillashtirish hamda xavfsizlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Alim Smakov o‘z taqdimotida dispetcherlashtirish tizimi, texnikalar harakatini onlayn nazorat qilish, jarayonlarni tahlil qilish va samaradorlikni oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, transport vositalari uchun avtomatik marshrutlash, yuklash-tushirish jarayonlarini optimallashtirish tizimlari taqdim etildi.
Bundan tashqari, sanoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yechimlar — texnikalar o‘rtasida to‘qnashuvning oldini olish, piyodalarni aniqlash, tezlikni nazorat qilish hamda xavfli hududlarni monitoring qilish tizimlari haqida ham so‘z yuritildi.
Taqdimotda haydovchilar holatini nazorat qiluvchi tizim ham tanishtirilib, u sun’iy intellekt yordamida charchoq va diqqat pasayishini aniqlashi, xavfli vaziyatlarda ogohlantirish berishi qayd etildi.
Yakunda ushbu texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish va kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oxirgi yangiliklar:
“Shuhrat” medali – fidoyi mehnat e’tirofi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini muko...
O'qish
Ko‘mir sanoati xodimlari mehnatining yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning...
O'qish
Har bir murojaat nazoratda bo‘ladi
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining...
O'qish