Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Nashr qilingan sana: 08.04.2026 16:03:54Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan taqdimotda jamiyat mutaxassislari hamda filiallar mexaniklari va mehnat xavfsizligi xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda tog‘-kon sanoati uchun mo‘ljallangan zamonaviy raqamli va innovatsion yechimlar, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, transport-logistika tizimlarini takomillashtirish hamda xavfsizlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Alim Smakov o‘z taqdimotida dispetcherlashtirish tizimi, texnikalar harakatini onlayn nazorat qilish, jarayonlarni tahlil qilish va samaradorlikni oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, transport vositalari uchun avtomatik marshrutlash, yuklash-tushirish jarayonlarini optimallashtirish tizimlari taqdim etildi.
Bundan tashqari, sanoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yechimlar — texnikalar o‘rtasida to‘qnashuvning oldini olish, piyodalarni aniqlash, tezlikni nazorat qilish hamda xavfli hududlarni monitoring qilish tizimlari haqida ham so‘z yuritildi.
Taqdimotda haydovchilar holatini nazorat qiluvchi tizim ham tanishtirilib, u sun’iy intellekt yordamida charchoq va diqqat pasayishini aniqlashi, xavfli vaziyatlarda ogohlantirish berishi qayd etildi.
Yakunda ushbu texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish va kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish