Siz har qancha ehtiromga munosibsiz, konchi opa-singillar!
Nashr qilingan sana: 06.03.2026 12:41:21Muhtarama opa-singillar!
Sizlarni bahorning eng go‘zal ayyomi – 8 mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatimiz jamoasida ham mingga yaqin xotin-qiz turli kasb va lavozimlarda samarali mehnat qilib, korxona rivoji va mamlakat iqtisodiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Sizlar o‘zingizning bilimingiz, mas’uliyatingiz, fidokorona mehnatingiz va tashabbuskorligingiz bilan jamoamizda alohida hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lib kelmoqdasiz. Shu bilan birga, oilada, farzand tarbiyasi va milliy qadriyatlarni asrab-avaylashda ham o‘rningiz beqiyosdir.
Jamiyatimizda xotin-qizlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish bundan buyon ham ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
Aziz konchi-ayollar! Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman. Ishlaringizda yutuqlar yor, hayotingizda esa doimo quvonch va bahoriy kayfiyat muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin!
Bahoriy bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Nodirbek Dusmatov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori
Oxirgi yangiliklar:
Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Qurbon hayiti xalqimiz hayotid...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish
"O'zbekko'mir” AJ da “DOLZARB 30 KUN” oyligi davom etmoqda
“Dolzarb 30 kun” oyligi: xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda Yurtimizda joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aho...
O'qish
Avtomobilga bog‘liq hayotdan chiqish vaqti keldi?
Odatdan siyosatga aylanayotgan o‘zgarish Bugun hayotimizni avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Zamonaviy shahar hayoti, ishga yetib borish, xizmat ko‘rsatish va kundal...
O'qish