“Temir yo‘l transport” filiali: maxsus-taktik o‘quv mashqi
Nashr qilingan sana: 01.05.2025 13:25:29
.jpg)
Joriy yilning 1-may kuni “O‘zbekko‘mir” AJning “Temir yo‘l transport” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’yekt tuzilmalarining shahar fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining va Toshkent viloyati Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Mashg‘ulot to‘rt bosqichda amalga oshirildi.
1-bosqich. Zilzila natijasida “Parodnaya-2” stansiyasi binosida yong‘in chiqqanligi va 1 nafar ishchi xodim jabrlanganligi aniqlandi. Holat bo‘yicha, xizmatlarga aloqa va xabar berish guruhi tomonidan xabar berilib, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. 2-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi qutqaruv ishi amalga oshirib, tez tibbiy xizmati bo‘limi jabrlangan shaxsni olib ketdi. Yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirish uchun 53-Kasbiylashtirilgan yong‘in qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi jalb etildi, yong‘in o‘chirildi va avariya tiklash guruhi tomonidan tozalash ishlari olib borildi.
2. bosqich. Yuqori kuchlanishdagi kontakt simi uzilgan bo‘lib, 1 nafar ishchi xodim tok urganligi aniqlandi. Holat bo‘yicha, aloqa va xabar berish guruhi tomonidan xabar berilib, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. 2-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi qutqaruv ishi amalga oshirib, tez tibbiy xizmati jabrlangan shaxsni olib ketdi. Avariya tiklash guruhi yuqori kuchlanish tokni o‘chirib, favqulodda vaziyat bartaraf etildi.
3-bosqich. Zilzila paytida asosiy binodan 1 nafar ishchi xodim jabrlanganligi aniqlandi. Aloqa va xabar berish guruhi tomonidan holat bo‘yicha xabar berilib, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish uchun Fuqaro muhofazasi tuzilmasining evakuatsiya guruhi, sanitar drujina, qutqaruv guruhi va avariya tiklash guruhi tomonidan qutqaruv ishi amalga oshirildi. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam berildi, ishchi xodimlar va qimmatbaho qog‘ozlar xavfsiz joyga chiqarildi.
Maxsus-taktik o‘quv mashqida 74 nafar ishchi-xodim hamda 7 ta maxsus texnika ishtirok etdi. Tadbir yakunida “Temir yo‘l transport” filiali favqulodda vaziyatlarga tayyorlik bo‘yicha “Cheklangan tayyor” deb baholandi.
Ulug‘bek Ergashev,
“O‘zbekko‘mir” AJ “Temir transporti” filiali filiali fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar muhandisi


Oxirgi yangiliklar:
Teng huquq, munosib mehnat va amaliy g‘amxo‘rlik
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va man-faatlarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarid...
O'qish
2025-yil davomida 8 ta innovatsion loyiha amalga oshirildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2025-yil mobaynida innovatsion rivojlanish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jamiyatning ko‘plab filiallarida qat...
O'qish
Halollik bor joyda baraka bo‘ladi
Korrupsiya – jamiyatni ich-ichidan yemiruvchi, adolatga, ishonchga va taraqqiyotga putur yetkazuvchi eng xavfli illatlardan biri. U mehnatga emas, manfaatga tayanadi, hal...
O'qish
Qog‘ozsiz tizim – tezkor boshqaruv samarasi
“O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparati va filiallarida ish yuritish tizimi zamon talablari asosida yangilandi. Elektron hujjat aylanmasi – EDO tizimi joriy etilishi natijas...
O'qish