Teng huquq, munosib mehnat va amaliy g‘amxo‘rlik
Nashr qilingan sana: 05.03.2026 12:10:40Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va man-faatlarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, mehnat munosabatlarida gender tenglikni ta’minlash, ayollar uchun munosib va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularni kasbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ ham bu borada tizimli ish olib borayotgan yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblanadi. Jamiyat bugungi kunda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, budjet tashkilotlari, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini mahalliy ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlab kelmoqda. Korxonada 6 ming nafarga yaqin xodim mehnat qilayotgan bo‘lsa, ular-ning qariyb 1000 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.
Jamiyat tarkibidagi 12 ta filialda ayollar muhandis-texnik xodim, operator, dispetcher, kranchi, elektromontyor, temiryo‘l kesishmasi navbatchisi, strelkachi, stansiya navbatchisi, tarozibon, yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi, laborant, namuna oluvchi, hisobchi, ish yurituvchi, farrosh kabi o‘zlariga mos va yengil mehnat sharoitiga ega lavozimlarda samarali faoliyat yuritmoqda. Og‘ir va sharoiti murakkab ishlarga ayollar jalb etilmaydi. Bu esa mehnatni muhofaza qilish va ayollar salomatligini asrashga qaratilgan aniq yondashuv samarasidir.
Jamiyatda ayollarning mehnat huquqlarini ta’minlash masalasi jamoa shartnomasida ham alohida bob sifatida mustahkamlangan. Ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ota-onalardan biriga bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar berilishi, ularning ish vaqtiga kiritilishi va o‘rtacha ish haqi saqlanishi, homilador ayollarga antenatal (tug‘ruqqacha) tibbiy ko‘riklar uchun qo‘shimcha bo‘sh kunlar ajratilishi shular jumlasidandir.
Shuningdek, jamiyatda malaka oshirish va qo‘shimcha ta’lim olish istagidagi ayollar uchun imkoniyatlar yaratilib, ularning kasbiy o‘sishi qo‘llab-quvvatlanmoqda. Mehnatdan vaqtincha foydalanmaydigan yoki oilaviy sharoiti sabab ish joyiga doimiy qatnay olmaydigan ayollar uchun kasanachilikni tashkil etishga ham keng e’tibor berilmoqda. Bu esa xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning daromad manbaini saqlab qolish va oila farovonligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
2025-yilda jamiyat tizimiga 96 nafar xotin-qiz ishga qabul qilindi.
Bugungi kunda jamiyatda 343 nafar xotin-qiz o‘rta bo‘g‘in rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. Ular o‘z bilim va salohiyati, tashabbuskorligi va mas’uliyati bilan jamoada hurmat qozongan. Bu esa ayollarning nafaqat ijrochi, balki boshqaruv tizimida ham munosib o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi.
Jamiyatda 3 nafar va undan ortiq 12 yoshgacha (nogiron bolasi 16 yoshgacha) farzand tarbiyalayotgan ayollarga har yili moddiy yordam ko‘rsatilishi, 8-mart munosabati bilan pul mukofoti ajratilishi kabi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ham tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Bugun “O‘zbekko‘mir” AJda mehnat qilayotgan xotin-qizlar nafaqat oila tayanchi, balki ishlab chiqarish jarayonlarining faol ishtirokchisi sifatida jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ular uchun yaratilayotgan huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy kafolatlar esa barqaror rivojlanishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.
Dilrabo XIDIROVA,
“O‘zbekko‘mir” AJ Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Oxirgi yangiliklar:
Konferensiya: Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi
2026-yilning 17-aprel kuni Unda jamiyat tizimidagi korxonalardan saylangan delegatlar, jamiyat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, mutaxassislar hamda...
O'qish
Brifing: iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yilning yanvar–mart oylarida iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi. Bu boradagi reja 1...
O'qish
OAV vakillari diqqatiga: “O‘zbekko‘mir” AJda I chorak yakunlariga bag‘ishlangan brifing
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil “yanvar–mart oylari yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari” mavzusida brifing o‘tkazi...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ transformatsiya: xarid jarayonlari raqamlashtiriladi, ESG tamoyillari joriy qilinadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan keng qamrov...
O'qish