Toshkentda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Nashr qilingan sana: 04.04.2025 02:47:15

Bugun, 4-aprel kuni Toshkent davlat texnika universitetining “O‘zbekiston – Yaponiya” yoshlar innovatsiya markazida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ham ishtirok etib, universitet bitiruvchilarini o‘z faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Jamiyat o‘zining maxsus ko‘rgazmasi va mavjud vakansiyalar haqidagi ma’lumotlar bilan ishtirok etdi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Shu maqsadda tashkil etilgan mehnat yarmarkasi doirasida bitiruvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni ish bilan ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevralda qabul qilingan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi. Mehnat yarmarkasi yosh mutaxassislarni ish beruvchilar bilan bog‘lash, ularga yangi imkoniyatlar yaratish va mutaxassislik bo‘yicha ish topishlariga ko‘maklashishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida tadbirlar davom etmoqda
22-oktabr kuni navbatdagi tadbirlar “Angren ko‘mir koni”, “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” hamda “Avtomobil-texnologik transport” filiallarida tashkil etildi....
O'qish
Brifing: iste’molchilarni ko‘mir bilan ta’ьinlashning borishi yuazsidan ma’lumot berildi
Joriy yilning 22-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati rahbari Ne’mat Dushayev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda respubli...
O'qish
“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida tadbirlar o‘tkazildi
2025-yil 21-oktyabr kuni “TTUS zavodi”, “MTT va IS” hamda “Apartak ko‘mir koni” filiallarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar ishtirokida zilzila bilan bog‘...
O'qish
O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan jami...
O'qish