Xavflarni boshqarish sohasidagi tahlillarga bag‘ishlangan amaliy seminar
Nashr qilingan sana: 25.02.2025 12:16:14
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik korxonalarda xalqaro standartlar asosida o‘tkaziladigan audit turlari, “Masofaviy audit” ATdan foydalanish imkoniyatlari hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali boshqarish omillari” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Hisob palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda yirik korxonalar rahbarlari, ichki audit, moliya-iqtisod, komplayens nazorati va xavflarni boshqarish bo‘linmalari mas’ul xodimlari qatori “O‘zbekko‘mir” AJ vakillari ham qatnashdi.
Seminarda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik korxonalarda xalqaro standartlar asosida o‘tkaziladigan audit turlari, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun bilan o‘rnatilgan talablar va mexanizmlarni samarali joriy etish, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, kapital qurilish ishlarini amalga oshirish tartiblari, biznes-rejalarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.
Seminar doirasida Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi va uning doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi imzolandi.
Hamkorlik doirasida birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga chora-tadbirlarni oshirish, axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida idoralararo ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, davlat xaridlari sohasida qonunchilik ijrosini ta’minlash tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va o‘zaro almashish va boshqa choralarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Konchi-yoshlar kuchli uchlikdan joy oldi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati yoshlari 21-23-fevral kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Chimgan Challenge – 202...
O'qish
Milliy liboslar – milliy qadriyatlar bezagi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xodimlari haftaning har juma kuni ishga milliy liboslarda chiqmoqdalar. Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘li...
O'qish
“Angren” ko‘mir koni bilan tanishuv
18-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga respublikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Respu...
O'qish