Xodimlar fikri: halollik, adolat va korrupsiyaga munosabat – raqamlarda
Nashr qilingan sana: 22.07.2025 13:44:51
“O‘zbekko‘mir” AJning https://t.me/uzbekcoaluz Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 2025-yil 15-19-iyul kunlari o‘tkazilgan anonim so‘rovnomada ishtirok etgan xodimlar:
“Korxonada halollik va shaffoflik prinsiplari saqlanmoqda, deb hisoblaysizmi?” savoliga:
22% ishtirokchilar – Ha;
57% ishtirokchilar – Yo‘q;
21% ishtirokchilar – Aniq emas;
“Ishxonangizda korrupsiyaga oid holatlarga guvoh bo‘lganmisiz?” savoliga:
44% ishtirokchilar – Ha;
56% ishtirokchilar – Yo‘q;
“Agar korrupsiyaga oid holatlarga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz, bu haqda korxona mas’ul xodimlariga, rahbarlarga yoki tegishli idoralarga xabar berasizmi?” savoliga:
58% ishtirokchilar – Ha;
42% ishtirokchilar – Yo‘q;
“Tashkilotingizda Siz guvoh bo‘lgan korrupsiya holatlari bo‘yicha kimga murojaat qilishingiz kerakligini bilasizmi?” savoliga:
44% ishtirokchilar – Ha;
20% ishtirokchilar – Yo‘q;
36% ishtirokchilar – Bilmayman;
“Korxonada fuqarolar murojaati yuzasidan ochilgan “Aloqa kanallari” (“Ishonch telefoni”, Telegram bot va boshqa)dan xabaringiz bormi?” savoliga:
44% ishtirokchilar – Ha;
56% ishtirokchilar – Yo‘q;
“Jamiyat tizimida Siz yoki yaqin qarindoshlaringiz pora olish yoki pora berish bilan bog‘liq holatga duch kelganmisiz? (bir nechta javobni tanlashingiz mumkin)” savoliga:
22% ishtirokchilar – Ha, pora berishga majbur bo‘lganman;
1% ishtirokchilar – Ha, pora olishga majbur bo‘lganman;
8% ishtirokchilar – Ha, yaqin qarindoshim pora berishga majbur bo‘lgan;
1% ishtirokchilar – Ha, yaqin qarindoshim pora olishga majbur bo‘lgan;
41% ishtirokchilar – Yo‘q, men hech qachon pora olmaganman va pora bermaganman, vositachilik ham qilmaganman;
27% ishtirokchilar – Yo‘q, yaqin qarindoshlarim pora berganini yoki pora olganini eshitmaganman;
“Jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan barcha darajadagi rahbarlar o‘z bo‘sunuvidagi xodimlar bilan munosabatlarda halollik, adolat va mustaqil xulq-atvor namunasini ko‘rsatayapti, deb hisoblaysizmi?”savoliga:
19% ishtirokchilar – Ha;
51% ishtirokchilar – Yo‘q;
13% ishtirokchilar – Bilmayman;
17% ishtirokchilar – Malaka oshirishi kerak;
“Sizning fikringizcha, korrupsiya holatlari Korxona tizimining qaysi darajasida nisbatan ko‘proq uchramoqda? (bir nechta javobni tanlashingiz mumkin)” savoliga:
52% ishtirokchilar – Korxona markaziy apparatidagi rahbarlar, bo‘linmalar darajasida;
27% ishtirokchilar – Filiallar darajasida;
21% ishtirokchilar – Viloyatlardagi ko‘mir ta’minoti korxonalari darajasida, deb javob bergan.
Mazkur tadbir natijalaridan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, “O‘zbekko‘mir” AJning markaziy apparati hamda tizim tashkilotlarida kelgusida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish maqsadida, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni barvaqt aniqlab, ularni bartaraf etish uchun jamiyat va uning tarkibiy filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli ravishda profilaktika ishlarini olib borish, ishchi-xodimlarni huquqiy ongini oshirish borasida o‘quv tadbirlari, seminarlar, ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish lozim. Xodimlarda mas’uliyat hissini oshirish maqsadida, aloqa kanallari faoliyatini takomillashtirish zarur. Natijada, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar jadal davom ettirish imkoniyati vujudga keladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish