YANGI ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI YOQILG‘I ZAXIRASI MUSTAHKAMLANMOQDA
Nashr qilingan sana: 14.12.2023 11:49:25Shu maqsadda "O‘zbekko‘mir" AJ konlaridan stansiyaga qo‘shimcha ravishda ko‘mir yoqilg‘isi yuklanmoqda. Bugun Bosh prokuratura ko‘magida qo‘shimcha ko‘mir yuklangan poyezdlar, shuningdek, avtokolonna stansiyaga yo‘l oldi.
Ayni sovuq kunlarda energiya resurslariga bo‘lgan talab keskin oshishi tabiiy. Ana shu talabni kafolatlash maqsadida respublika energetika tizimi shu yilning 1-dekabridan 24 soatlik ish tartibida faoliyat ko‘rsata boshladi.
"O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatida ham ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berishning barcha imkoniyatlari ishga solinmoqda.
Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi ko‘mir mahsulotining asosiy iste’molchisi hisoblanadi. Ushbu korxona uzluksiz ravishda elektr quvvati ishlab chiqarishi uchun bir kecha-kunduzda 18 ming tonnaga yaqin ko‘mir yoqilg‘isiga ehtiyoj sezadi.
Ayni kunlarda stansiyaning yoqilg‘i zaxirasini mustahkamlash uchun "Angren" konidan qo‘shimcha qattiq yoqilg‘i ortib yuborilmoqda.
"O‘zbekko‘mir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish