Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz konchilar!
Nashr qilingan sana: 31.12.2024 02:05:12

Hurmatli ko‘mir sanoati xodimlari va faxriylari, aziz hamkasblar!
Angren va uning barcha aholisi taqdiri ko‘mir sanoati bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu soha mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanishining garovi bo‘lib, Siz konchilar O‘zbekistonning energetik mustaqilligini ta’min-lashga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqdasiz.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ko‘mir sanoati tobora rivojlanmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham yoqilg‘i qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish hajmlari yil sayin ortib bormoqda. Yakunlanayotgan 2024-yil ham muvaffaqiyatli kechdi. Sizning mashaqqatli mehnatingiz tufayli ilk bor 6,7 million tonnalik marra zabt etildi, yillik reja muddatidan oldin ortig‘i bilan bajarildi. Buning uchun barchangizga minnatdorlik bildiraman. Ko‘mir qazib olishni ko‘paytirish, bu nafaqat iste’molchilarning o‘sib borayotgan talabini qondirish, balki aksiyadorlik jamiyatimiz ravnaqini ta’minlashga, konchilar moddiy manfaatdorligini oshirishga ham xizmat qiladi.
Jamiyat tomonidan ko‘mir qazib olish ko‘rsatkichlarini 2025-yilda 7,0 million tonnaga, 2030-yilgacha esa 10 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. O‘ylaymanki, biz bu vazifalarning uddasidan chiqamiz.
Hurmatli konchilar! Sizni eng sevimli oilaviy bayram bo‘lgan Yangi ‒ 2025-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman! Odamlarni yorug‘lik va issiqlik bilan ta’minlashdek ezgu maqsadga qaratilgan fidokorona mehnatingiz uchun yana bir bor tashakkur! Kirib kelayotgan yangi yil ham omadli bo‘lsin, orzularingiz va maqsadlaringiz amalga oshsin! Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilangizga baxt, yangi yutuqlar tilayman.
Vladimir KUZNETSOV,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori
Oxirgi yangiliklar:
Ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazadi. Matbuot anju...
O'qish
Oila fayzi, jamoa tayanchisiz, aziz ayollar!
Qadrli va muhtaram opa-singillar! Yurtimizga nafosat, mehr va iliqlik olib kiruvchi go‘zal bahor ayyomi – 8 mart, Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Siz –...
O'qish
Ayollar qudrati: temiryo‘l xizmati va jasorat
Angren ko‘mir sanoati korxonalarida ayollar mehnati alohida o‘rin tutadi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining yirik transport tarmoqlaridan biri hisoblangan “Tem...
O'qish
Biz sizdan minnatdormiz, aziz konchi opa-singillar!
Ayol zoti borki, ular mehr va nazokat bilan hayotimizni bezaydi. Qadrli opa-singillar! Sizlarni yurtimizda keng nishonlanadigan bahor, go‘zallik va mehr-muhabbat ba...
O'qish