Yo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Nashr qilingan sana: 16.05.2024 17:10:18
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan ko‘plab tajribali haydovchilar mehnat qilib keladi. Hasan Saidqulov va Abdurahmon Mamadov ana shunday konchi-haydovsilardandir.
“Kobalt” rusumli avtomashina haydovchisi Hasan aka Saidqulovning umumiy ish tajribasi qirq besh yil. U 1963 yilda Jigariston qishlog‘ida ko‘p bolali konchi oilasida tug‘ilgan. Padari Mamatqul ota “Angren” konida buldozerchi bo‘lib ishlagan. Qahramonimizning besh ukasi ham butun umrini Angrendagi ko‘mir sanoati korxonalarida ishlashga bag‘ishlagan.
H.Saidqulov shahar avtomaktabni tamomlab, 1983-yilda “Moskvich” mashinasi ruliga o‘tirdi va dastlab Angren shahar go‘sht kombinati direktoriga haydovchilik qildi. U bu lavozimda korxona o‘z faoliyatini tugatgan 1994-yilgacha 11 yil ishladi. Keyin “O‘zbekrezinotexnika” IChBda haydovchi bo‘ldi. Mana, sakkiz yildirki, “Avtomobil-texnologik transporti” filialida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Boshqaruvidagi mashina jamiyat bosh hisobchisiga biriktirilgan.
– Men tom ma’noda konchilar sulolasi vakiliman, deya olaman, –deydi biz bilan suhbatda H. Saidqulov. – Albatta konchi deganda qo‘liga kirka olib ko‘mir qazuvchilarni tushunish unchalik to‘g‘ri emas. Jamiyatimizda 6 ming kishi ishlaydi va ko‘mir qazuvchilarga avtomobil va temir yo‘l transporti xizmati ko‘rsatuvchilar, konchi-energetiklar, ta’minotchilar, konchi-quruvchilar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Barchasining ishi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va faoliyatlari maqsadi ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan.
Hasan aka oilada mehribon va talabchan ota. Uch o‘g‘li bor, ulardan biri –Elyor konchilik kasbini tanlagan va hozirda ko‘mir konida konveyer mashinisti bo‘lib konchilar sulolasi an’analarini davom ettirmoqda.
Tajribali konchi-haydovchilardan yana biri Abdurahmon Mamadov “Neksiya” rusumli avtomashina rulini boshqaradi. U hamkasbi Hasan Saidqulovdan o‘n yosh kichik, ammo mashina boshqarishda undan qolishmaydi. 1973-yilda tug‘ilgan A.Mamadov ham konchilar oilasida kamol topgan. Maktabni tugatgach shahardagi 10-sonli hunar bilim yurtida o‘qidi va bir yilcha ko‘mir konida ekskavator mashinistiga yordamchi vazifasida ishladi. Keyin “O‘rta Osiyo ko‘mir” kombinati avtobazasida avtomexanik bo‘ldi. O‘n ikki yil davomida “KrAZ" va “MAN” og‘ir yuk mashinalari rulini boshqardi. Mana, uch yildirki, "Avtomobil-texnologik transporti" filialida yengil avtomashina haydovchisi.
– Otam G‘ulom “Angren” konida 45 yil ekskavatorchi bo‘lib ishladi. Biz farzandlardan ko‘pchiligimiz ota izidan bordik. Akalarim, singlim, jiyanlarim bugungi kunda ko‘mir sanoati korxonalarida turli kasblarda samarali mehnat qilib kelishmoqda, – deydi Abdurahmon Mamadov.
Biz ko‘mir sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan konchi-haydovchilarga yo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin, deymiz!
Diana ANDREEVA
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

"O‘zbekkomir" AJ "Angren ko‘mir koni" filialida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Bugun erta tongda boshlangan mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. “O‘zbekkomir” AJning “Angren ko‘mir koni” filialida konchilar kasb b...
O'qish
Milliy liboslar – millatimiz ko‘rki
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biridir. Ikki yuz...
O'qish
Zamonaviy texnologiyalar ‒ konchilar xizmatida
O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi tufayli ko‘plab foydali qazilmalar zaxirasiga ega. Biroq, yer osti boyliklarini xavfsiz va samarali o‘zlashtirish uchun mutl...
O'qish
“O‘zbekko‘mir: Temir yo‘l xo‘jaligi ‒ ishonchli tarmoq
Ko‘mir sanoati ishlab chiqarishida hamma narsa o‘zaro bog‘liq. Qazib olish va tashish – bir-biridan ajralmas tushunchalar. “Uzbekko‘mir” AJning “Temiryo‘l transp...
O'qish