Yosh mutaxassislar bilan hamkorlik yo‘lida muhim qadam
Nashr qilingan sana: 22.09.2025 14:04:17.jpg)
Joriy yilning 17-sentyabr kuni Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS)ning Biznes va turizmni rivojlantirish bo‘limi jamoasi hamda institut talabalari “O‘zbekko‘mir” AJ tarkibidagi Angren ko‘mir koni faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlarga Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i Qutlug‘ Teshaboev rahbarligida korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda konning strategik ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ mamlakatimizning yonilg‘i-energetika salohiyatini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, va biz uchun kelajakda sohani rivojlantirishda yosh kadrlarni jalb etish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
“Angren” ko‘mir qonida qattiq yoqilg‘i ochiq usulda (karer usulida) qazib olinadi;
Yiliga 6 million tonnadan ortiq ko‘mir ishlab chiqariladi;
2000 dan ortiq mutaxassis va ishchi doimiy mehnat faoliyatini olib bormoqda;
Asosiy iste’molchi – respublikadagi issiqlik elektr stansiyalari;
Shuningdek aholi va ijtimoiy sohaob’ektlari ham iste’molchilar hisoblanadi;
Konda yondosh foydali qazilmalar ham qazi chiqariladi va ulardan qurilish sohalarida foydalaniladi.
Konchilik – bu oddiy kasb emas, balki faxr va mas’uliyat talab qiluvchi ishdir.
Sanoatimizda zamonaviy menejment, kadrlar boshqaruvi, investitsiyalar va ekologik xavfsiz texnologiyalar bo‘yicha intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yosh kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda.
Shu munosabat bilan, "O‘zbekko‘mir" AJ tomonidan MDIS instituti bilan hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirilmoqda. Bu tashabbus:
Yosh mutaxassislarni amaliyotga jalb qilish,
Ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatini yaratish,
Kelajakda korxona ehtiyojlari uchun yuqori malakali kadrlar zaxirasini tayyorlashga xizmat qiladi.

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish