Zavodda "zilzila" holatidagi harakatlar sinovdan oʻtkazildi
Nashr qilingan sana: 29.07.2025 15:55:46
29-iyul kuni “O‘zbekko‘mir” AJning “Tog‘ transport uskunalarini sozlash zavodi” filialida fuqarolar muhofazasi tuzilmalari, ishchi-xodimlar va volontyor qutqaruvchilar ishtirokida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Ushbu mashq favqulodda vaziyatlar xizmatlari bilan hamkorlikda zilzila oqibatida bino va inshootlarda yuzaga kelgan vayrona va yong‘inlarni bartaraf etishga qaratildi.
Mashq doirasida korxona rahbariyati hamda ob'yekt fuqarolar muhofazasi tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik harakatlari amalda sinovdan o‘tkazildi.
Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, zilzila oqibatida korxona binosi qisman zarar ko‘rgan, elektr tsexida vayrona ostida qolganlar va ma’muriy binoda tan jarohati olgan jabrlanuvchilarni qutqarish, ularga birinchi yordam ko‘rsatish, hamda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar amalga oshirildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotida 67 nafar ishchi-xodim va 4 ta maxsus texnika ishtirok etdi.

.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sanoati istiqbollari “Глобус” jurnalida yoritildi
Rossiyaning tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi nufuzli nashrlaridan biri – “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil may oyidagi 2 (91)-sonida ko...
O'qish
"O'zbekko'mir" AJ BKUQ raisi A.Qayumovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli konchilar, hurmatli hamkasblar va aziz hamshaharlar! Sizlarni butun musulmon olamining eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlaridan biri — muborak Qurbon...
O'qish
Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Qurbon hayiti xalqimiz hayotid...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish