14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri
Nashr qilingan sana: 14.01.2026 18:08:1514-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” AJ “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

.jpg)
Tadbirni Birlashgan kasaba uyushmasi raisi A. Qayumov ochib berib, jamiyat ishchi-xodimlarini ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z nutqida u Vatan himoyachilarining yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdagi beqiyos xizmatlari, shuningdek, mehnatkashlarning ishlab chiqarish jarayonidagi mas’uliyatli va fidokorona faoliyatini alohida e’tirof etdi
.jpg)
Tadbir davomida siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov ma’ruza bilan ishtirok etib, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda Vatan himoyachilarining tutgan o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi
.jpg)
.jpg)
Shuningdek, bayram dasturi doirasida “O‘zbeknavo” davlat muassasasi xonandasi Asliddin Do‘stov ijrosidagi dilbar va jarangdor qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi
.jpg)
Tadbir yakunida jamiyatning bir guruh ishchi-xodimlariga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish