Muhofaza va ehtirom: Jamiyatda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Nashr qilingan sana: 09.11.2026 17:44:1711 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni. Ushbu sana mamlakatimizda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yangi bosqichga olib chiqqan muhim voqelikdir. Mazkur kunning nishonlanishi soha xodimlarining jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirishga xizmat qiluvchi mustahkam huquqiy asos va yuksak ijtimoiy ahamiyatga ega.
Ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan 9-noyabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida yuqori kayfiyatda bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, tizimda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan natijalar va kasaba uyushmalarining bu boradagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Bugungi kunda Jamiyatning ijro apparati va tizimdagi mavjud sakkizta filialda kasaba uyushmalari tashkilotlari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun zarur ish va dam olish sharoitlarini yaratish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasiy tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Ayniqsa, Jamoa shartnomasi asosida unda belgilangan huquq va majburiyatlar ijrosi doirasida ish beruvchi tomonidan ko‘plab ezgu va xayrli ishlar qilinayotgani, bundan keyin ham xodimlar manfaati yo‘lida fidoiylik va sabot bilan ish olib borilishi ta’kidlandi.
Bayram tadbirida ishtirok etgan yuqori martabali mehmonlar — O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mehnat inspektori Saidnosir Saidmahmudov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi rais o‘rinbosari O‘tkir Rashidov, mehnat inspektori Sobir Erbo‘tayev, Jamiyat Nuroniylar kengashi raisi Turob Umirov, Axborot xizmati rahbari Ne’mat Dushayev va boshqalar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni ayyom bilan qutlashdi. Notiqlar o‘z so‘zlarida kasaba uyushmalarining jamiyatda barqarorlik va ijtimoiy sheriklikni ta’minlashdagi ahamiyatini e’tirof etdilar.
Tadbir davomida korxona rivoji va ishchi-xodimlar muhofazasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan kasaba uyushmalari faollarining katta bir guruhiga Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bayram dasturi respublikamizning taniqli san’at ustalari tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qoshiqlar va serjilo bayram konserti bilan yakunlandi.
Nodira GʻANIYEVA,
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi ish boshqaruvchisi
Oxirgi yangiliklar:
Kömir ta’minoti: tadbirkorlar bilan hamkorlik va amaliy kömak
“Özbekkömir” AJ tomonidan aholiga kömir yetkazib beriş jarayonida joriy etilgan yangi tartibni samarali taşkil etiş maqsadida kömir mahsulotlarini xarid qiluvçi tadbirkor...
O'qish
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish