Aholigа mo‘ljallangan ko‘mirning sifat ko‘rsatkichlari
Nashr qilingan sana: 23.09.2024 07:24:10Aholiga mo‘ljallangan mahalliy ko‘mir markasi ‒ 2BZR, namligi ‒ 35 foiz, kullik darajasi 17 foiz, fraksiyasi ‒ 25-500 mm. Narxi (1 tn) – 309 800 so‘m.
Mahalliy ko‘mir xarid qilayotganda, mahsulotning sifat sertifikatiga muvofiqligini tekshiring.
Ayni kunlarda ehtiyojlari uchun mahalliy arzonlashtirilgan ko‘mir mahsuloti ommaviy ravishda tarqatilmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida qazib olinayotgan ko‘mir mahsulotining salmoqli qismi aholi uchun yuklab yuborilmoqda. Mahsulot “Ko‘mir ta’minot” MCHJning respublika bo‘yicha 101 hududiy ko‘mir ombori va shaxobchasi orqali amalga oshirilmoqda.
Tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan aholi iste’molchilari ko‘mir mahsuloti xarid qilish uchun MFY orqali o‘zlariga yaqin ko‘mir omboriga murojaat qilishlari mumkin.
Anvar Abdurahimov,
“O‘zbekko‘mir” AJ standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya bo‘limi boshlig‘i

Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
EDO ijro tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ijro apparati majlislar zalida EDO ijro tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi Mazkur seminar Unicon Soft kompan...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi
O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbir o‘tkazildi O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga q...
O'qish
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJ'ning 2025-yil natijalari
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilda jami 7,137 million tonna ko‘mir qazib olindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 105,5% ni tashkil etdi. Bu haq...
O'qish
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni qizg‘in davom etmoqda
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida “O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xodimlar census.stat.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tis...
O'qish