Andijon viloyatida davra suhbati oʻtkazildi
Nashr qilingan sana: 17.11.2023 19:36:11Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni oldidan 17-noyabr kuni, "Ko'mirtaminot" MChJning Andijon viloyati filialida "O'zbekko'mir" AJ korrupsiyaga qarshi kurash komplayens nazorat tuzilmasi, viloyat hokimligi masullari, mahalla raislari va hududlardagi ko'mir ombori mudirlari ishtirokida ta'magirlik, pora berish kabi korrupsion harakatlarni oldini olish mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatining avvalida "Koʻmir taʼminot" MChJning Andijon viloyati filialiga yangi tayinlangan rahbar suhbat qatnashchilariga tanishtirildi.
Jamiyat komplayens nazorat xizmati tashkil etgan davra suhbatida korrupsiya holatlari davlat organlari faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi alohida taʼkidlandi. Xususan, “Koʻmir taʼminot” MCHJning Andijon viloyat filiali tasarrufidagi Andijon tumani, Andijon shaxri va Jalaquduq tumani koʻmir ombori mudirlari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga moʻljallangan koʻmirni goʻyoki fuqarolar olganligi toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar tayyorlab, koʻmirni naqd pulga sotib, shaxsiy manfaatlari yoʻlida talon-toroj qilgan. Sohada kuzatilayotgan ayrim taʼmagirlik xolatlari tanqidiy tahlil qilindi. Qonunchilikda korrupsiya jinoyatiga belgilangan jazo choralari yana bir bor eslatib o'tildi.
Ishchi guruhi viloyat rahbariyati va hududiy ko'mir omborlar mudirlariga ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kurashga oid bandlar kiritish toʻgʻrisida "Qoʻshimcha kelishuv" ning mazmun mohiyatini atroflicha tushuntirib o'tildi. Filialning mutasaddi raxbarlari, hududiy ko'mir omborlari mudirlariga aholiga ko'mir tarqatishda belgilangan jadvalga qa'tiy amal qilish va sustkashlikka yo'l qo'ymasliklari haqida tegishli ko'rsatmalar berildi.
Suhbat soʻngida ishtirokchilar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish