Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Nashr qilingan sana: 09.10.2025 10:35:14
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhali maqolasi chop etildi.
Ushbu maqolada “O‘zbekko‘mir” AJning “Shaxta usulida ko‘mir qazib chiqarish” filiali faoliyati, Angrenkonchilarining yer ostidagi fidoyi mehnati, konchilarning jasorati hamda yangi “Bremsberg №9” uchastkasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z boradi.
Maqolada 1948 yilda tashkil etilgan Angren shaxtasining tarixi, bugungi mehnat jarayonlari va shaxtyorlar hayoti batafsil yoritilgan. Muallif geolog va shaxtyor kasblarining mas’uliyati, yer qa’ridagi xavfli mehnat, inson jasorati va kasbga sadoqatni samimiy tarzda tasvirlaydi.
Materialda “Bremsberg №9” uchastkasi faoliyati, 2024 yilda qazib olingan 61 611 tonna ko‘mir natijalari, shuningdek tajribali muhandis va konchilar – Jamol Alimqulov, Alisher Maqsudov, Ruzmat Shukurov, Yadgar Sattarov faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Maqola falsafiy ruhda yakunlanadi: shaxtyorlar har bir smena oldidan “Omad tilaman” demay, “Xudo yordam bersin!” deya yer ostiga tushishadi. Bu ibora ularning kasbidagi xavf-xatarni, tabiatga hurmat va minnatdorlik tuyg‘usini ifoda etadi.
Ma’lumot uchun: “Глобус: геология и бизнес” – Rossiyada chop эtiladigan xalqaro ilmiy-amaliy jurnal bo‘lib, geologiya, tog‘-kon sanoati va biznes sohalaridagi dolzarb mavzularni yoritadi. Nashr Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda keng tarqatiladi.
📖 Manba: “Глобус: геология и бизнес”, №4 (88), oktabr 2025, Rossiya Federatsiyasi
🔗 gobus88.pdf vnedra.ru)] https://www.vnedra.ru/wp-content/uploads/2025/10/gobus88-gobus88.pdf
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Murojaatlar bilan ishlash: ochiqlik va samaradorlik ustuvor
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi...
O'qish
Yashil makon: biz ekkan teraklar ko‘kka cho‘zar bo‘y
Xabaringiz bor, mamlakatimizda haftaning har payshanba kuni rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan. Joriy yilning 3-aprel kuni “Oʻzbekkoʻmir” AJda ana shu an’ana “Ya...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: xarid tizimi to‘liq yangilanadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida xalqaro konsalting kompaniyasi – KPMG tomonidan keng qamr...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: 2026-yil yanvar–mart yakunlari va transformatsiya jarayonlari
#Infografika “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yil yanvar–mart oylari yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari h...
O'qish