Bir yurt, bir niyat: farg‘onaliklar Angren konchilari bilan yelkadosh
Nashr qilingan sana: 10.10.2025 19:54:35

“Angren” ko‘mir konida konchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi nomidan dasturxon yozilib, mehnatkash konchilar uchun osh tarqatildi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda aholi va budjet tashkilotlarini arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash ishlarini faol davom ettirmoqda. Mahsulotlar “Ko‘mir ta’minot” MChJning hududiy omborlari orqali aholiga yetkazib berilyapti.
Angren konchilari kunu-tun mehnat qilib, iste’molchilarni ko‘mir bilan o‘z vaqtida ta’minlash, qish mavsumida barqaror ta’minotni yo‘lga qo‘yish uchun bor kuchini safarbar etmoqda. Ular mehnati Farg‘ona viloyati aholisi tomonidan ham katta ehtirom va minnatdorlik bilan e’tirof etildi.
— Konchilarimiz aholi va budjet tashkilotlariga arzon va sifatli ko‘mir mahsulotini yetkazib berish uchun tunu-kun fidokorona mehnat qilmoqda. Ularning mehnatiga bo‘lgan e’tibor va tashkil etilgan dasturxon uchun Farg‘ona viloyati hokimligiga konchilarimiz nomidan minnatdorlik bildiramiz, — dedi “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A. Qayumov.
Shuningdek, o‘tgan haftada andijonlik mirishkorlar ham Angren konchilariga o‘z dalalarida yetishtirgan ne’matlardan sovg‘a yo‘llab, ular mehnatiga bo‘lgan hurmat va hamdo‘stlik ruhini namoyon etgan edilar.

Oxirgi yangiliklar:
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan “Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tart...
O'qish
Konchilar birdamligi sport maydonida namoyon bo‘ldi
"O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatida Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan “Konchilar spartakiadasi” sport musobaqasi tashkil etildi. Tadbir...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: mehnat va sport bizga nima beradi?
Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni yaqinlashib kelayotgan bu kunlarda aksiyadorlik jamiyatimizda bayram ruhi, jamoaviy birlik va ko‘tarinki kayfiya...
O'qish
Bayramlar inson qalbiga ruh bag‘ishlaydi
Yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalar va kasb bayramlari xalqimizni birlashtiruvchi, inson qalbiga g‘urur va iftixor bag‘ishlovchi qutlug‘ ayy...
O'qish