Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisining tabrigi
Nashr qilingan sana: 30.09.2024 03:07:50
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Avvalo Sizni va siz orqali orqali ko‘mir sanoati sohasida samarali mehnat qilgan va qilayotgan mehnat faxriylarini, umrini shu soha taraqqiyoti va Vatan ravnaqi yo‘lida sarflab, ayni paytda soha uchun zarur mutaxassislar yetishtirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha ustozlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Shubhasiz, har qanday jamiyat taraqqiyotini ustoz va murabbiylarning fidoyilarcha mehnatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Binobarin bugungi kunda minglab kishilar qo‘lni-qo‘lga berib, yelkama-yelka mehnat qilayotgan katta jamoamiz tomonidan ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berishdek mashaqqatli vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishida ustoz va murabbiylarimizning g‘oyatda ulkan hissasi bor. Aksiyadorlik jamiyatimizda “Ustoz ‒ shogird” an’anasi keng yo‘lga qo‘yilgani va yoshlarda kasbiy mahoratni tarbiyalash va ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratib kelinayotgani bejiz emas.
Bugun tizimimizda ekskavator mashinistidan tortib, chilangargacha, konchi-quruvchisidan tortib, haydovchigacha o‘z kasbining puxta egallagan xodimlar safi kengayib, yangilanib borayotgan ekan, bu shubhasiz ustoz va murabbiylar mehnati tufaylidir.
Jamiyatimizda yosh kadrlarni tayyorlash va to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida “Ustoz ‒ shogird” an’anasi asosida har bir yosh mutaxassisga o‘z kasbining fidoyilari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan malakali xodimlar biriktirilgan bo‘lib, ular yoshlarga kasb sirlarini o‘rgatib kelmoqdalar. Shuningdek, zaxira kadrlarni tayyorlash maqsadida muntazam ravishda o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida ham malakali mutaxassis-xodimlar faol qatnashmoqdalar.
Dono xalqimiz “Ta’lim ko‘rgan ustozingga rahmat!”, “Ustoz ‒ otangday ulug‘!” deya bejiz aytmaydi. Ustoz konchilarimiz ana shunday alqovga munosibdirlar.
Fursatdan foydalanib, ko‘mir sanoati sohasida mehnat qilib, bilim va tajribalarini yoshlarga o‘rgatib kelayotgan ustoz konchilarni yana bir bor bayram bilan samimiy tabriklayman.
Umringiz uzoq, tani-joningiz sog‘ bo‘lsin, aziz ustozlar!
Abdunosir Qayumov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

O‘quv markazi – milliy liboslar bilan
Milliy liboslar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi O‘quv markazi jamoasi ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bugungi ish kun...
O'qish
Energiya samaradorligi – strategik vazifa
“O‘zbekko‘mir” AJda energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosar...
O'qish
Xodimlar fikri: halollik, adolat va korrupsiyaga munosabat – raqamlarda
“O‘zbekko‘mir” AJning https://t.me/uzbekcoaluz Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 2025-yil 15-19-iyul kunlari o‘tkazilgan anonim so‘rovnomada ishtirok etgan xodimlar:...
O'qish
Jamiyatda halollikni ta’minlash – barchamizning burchimiz!
Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy...
O'qish