“Dolzarb 30 kun”: o‘quv mashg‘ulotlari ‒ xavfsizlik sinovi
Nashr qilingan sana: 20.06.2025 19:54:43
Yurtimizda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” profilaktik tadbirlari izchil olib borildi. Mazkur oylik doirasida “O‘zbekko‘mir” AJda ham bir qator amaliy ishlar tashkil etildi.
Jumladan, 2025 yil 17 iyun kuni Toshkent viloyati, Angren shahrida joylashgan “O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Tadbir mazkur sohadagi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni mustahkamlash va xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni sinovdan o‘tkazishga qaratildi.
Tadbir Toshkent viloyati va Angren shahar hokimining buyrug‘i hamda tasdiqlangan jadval asosida tashkil etildi. Mashg‘ulotda FVVning 53-Yong‘in-qutqaruv qismi, 2-Alohida harbiylashtirilgan kon-qut-qaruv vzvodi, ob’ektning fuqaro muhofazasi tuzilmalari va boshqa