EDO ijro tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi
Nashr qilingan sana: 28.01.2026 14:42:02“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ijro apparati majlislar zalida EDO ijro tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi
.jpg)
Mazkur seminar Unicon Soft kompaniyasining Toshkent viloyati Angren shahar hududiy bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.
Seminar davomida EDO tizimida ishlash tartibi, ichki hujjatlarni yaratish hamda bildirish va ijro hujjatlarini to‘g‘ri shakllantirish masalalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir jarayonida yig‘ilish ishtirokchilari va tizim mutaxassislari o‘rtasida tizimdan foydalanishga doir savol-javoblar o‘tkazilib, mavjud taklif va mulohazalar muhokama qilindi.
EDO ijro tizimining asosiy maqsadi ishchi-xodimlar vaqtini tejash, qog‘oz hujjat aylanishidan bosqichma-bosqich voz kechish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlashdan iborat.”
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi
O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbir o‘tkazildi O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga q...
O'qish
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJ'ning 2025-yil natijalari
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilda jami 7,137 million tonna ko‘mir qazib olindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 105,5% ni tashkil etdi. Bu haq...
O'qish
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni qizg‘in davom etmoqda
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida “O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xodimlar census.stat.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tis...
O'qish