Ijro apparatida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo'lib o'tdi
Nashr qilingan sana: 25.12.2025 23:24:29“О‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Ijro apparati majlislar zalida navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
Mazkur tadbir jamiyatda yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, yosh xodimlarning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, rahbariyat va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqotni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda jamiyat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari hamda ishlab chiqarish jarayonlarida, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy va jamoat hayotida faol ishtirok etib kelayotgan yosh mutaxassislar qatnashdi.

Tadbir davomida 2025-yil mobaynida korxonada yoshlar tizimi doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va ularning samaradorligi yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Xususan, yosh xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan loyihalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish, yosh mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Jamiyat rahbariyati tomonidan yoshlarning faol ishtiroki va tashabbuskorligi yuqori baholanib, kelgusida bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, jamoat ishlari va ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh yoshlar “О‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Oxirgi yangiliklar:
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchilik...
O'qish
Angren – mehnat, jasorat va taraqqiyot shahri
Joriy yil 13-iyun kuni Angren shahri o‘zining qutlug‘ 80 yilligini nishonlaydi. Ayni kunlarda shahar bayram nafasi bilan yashamoqda. Ko‘chalaru xiyobonlarda obodonlas...
O'qish
“O‘zbekko‘mir”: hajm emas, sifat ustuvor – qazib olish siyosati yangilanmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ko‘mir qazib olish hajmining o‘tgan yilga nisbatan qisqartirilishi ayrim media faollarida turli savol va muhokamalarni ke...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ xalqaro ekologik ko‘rgazmada ishtirok etdi
2026-yil 2–4-iyun kunlari Samarqand shahrida Global ekologik jamg‘armaning 8-assambleyasi hamda “Eco Expo Central Asia – 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazku...
O'qish