“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Nashr qilingan sana: 01.05.2025 12:30:5828-30-aprel kunlari Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida mintaqadagi eng yirik tadbirlardan biri – “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan sanoat va savdo sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, yangi biznes aloqalarni o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni yaratish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadbirda “O‘zbeko‘mir” aksiyadorlik jamiyati vakillari ham faold qatnashdi.
Tadbir doirasida ko‘mir sanoatiga oid 9 ta korxona vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari va istiqboldagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi. Uchrashuvlar davomida quyidagi korxonalar bilan hamkorlik istiqbollari, innovasion loyihalar va texnologik yechimlar yuzasidan muhokama olib borildi:
InterPartner – tadbir tashkilotchisi va savdo-eksport bo‘yicha maslahat beruvchi kompaniya:
Perfacom kompaniyasi va Yekaterinburgdagi korxona direktori Yuliya Sokolova bilan;
Azbestovskiy remontno-mashinostroitelnыy zavod direktori Viktor Jurovskiy bilan hamkorlik masalalari.
Rosatom korxonasi – qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalarda, jumladan, quyosh yoki shamol elektr stansiyasi qurish taklifi bilan.
MISIS Almalыk universiteti professorlari – innovasion yondashuvlar va texnologiyalarni, shuningdek, "O‘zbekko‘mir" AJ bilan hamkorlikni rivojlantirish taklifi.
Elektr Mashinalari zavodi – doimiy tok elektromotorlari va ularning ehtiyot qismlari bo‘yicha yangi mahsulotlarni taqdim etish taklifi.
ProfiGroup – yangi ishlab chiqilgan A650 robotlashtirilgan temir yo‘l ta’mirlash mashinasini tanishtirishni taklif etdi.
Elektroshit samara – elektr texnikasi va uskunalarining turli xil maketlari bilan aloqalarni mustahkamlash va texnik maslahatlar berishni taklif etdi.
Energokomplekt – ekskovatorlarga yangi turdagi zamonaviy germaniya texnologiyasi asosida tayyorlangan elektr o‘tkazgichlar taklif etdi.
Tavrida elektrik – zamonaviy uskunalari va ularga texnik xizmat ko‘rsatish taklifi bilan chiqqan vakillar bilan uchrashuvlar.
Mazkur uchrashuvlar jamiyatimizning texnik salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish va innovasion rivojlanishni jadallashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Muhammadsolih Otabekov,
tashqi iqtisodiy aloqalar va investisiyalar departamenti yetakchi mutaxassis
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Xavotirga o‘rin yo‘q: ko‘mir zaxirasi yetarli
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Denov va Boysun tumanlaridagi ko‘mir omborlarida sun’iy navbatlar yuzaga kelgani haqida videolavhalar tarqaldi. Holat y...
O'qish
Bir yurt, bir niyat: farg‘onaliklar Angren konchilari bilan yelkadosh
“Angren” ko‘mir konida konchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi nomidan dasturxon yozilib, mehnatkash k...
O'qish
O‘zbek tili bayrami: amaliyot va ma’naviyat uyg‘unligi
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Har yili 21 oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami” sifatida keng nisho...
O'qish
Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish