Iste’molchilar ko‘mir sifatidan mamnun
Nashr qilingan sana: 22.10.2023 00:25:48Sovuq kunlar boshlanmoqda. Shu munosabat bilan “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Angren” ko‘mir ombori nihoyatda gavjum. Bu yerda xaridorlar ham yuk avtomashinalari ham ko‘pki, ayrim xaridor va haydovchilar va xaridorlarning besabrligidan ombor mudiri Muzaffar Ergashev, ochig‘i, asabiylasha boshlaydi. Ba’zilar navbatda turishni xohlamaydilar va tezroq ko‘mir olish uchun janjallasha boshlaydilar.
– Kunlar soviy borishi bilan hamma ko‘mir omboriga kelmoqda. Biroq yoqilg‘i oldindan tuzilgan ro‘yxat bo‘yicha beriladi. Bu jarayon sentyabr oyida boshlangan va dekabrda tugaydi. Har bir iste’molchi ikki tonna BZR ko‘mir olish huquqiga ega, . – deydi M.Ergashev.
Hozirgi kungacha iste’molchilar-ning asosiy toifalariga 9 ming 632 tonna ko‘mir tarqatildi. Shuning 4 ming 477 tonnasi ko‘mir korxonalari xodimlariga, 5 ming 155 tonnasi aholi uchun berildi. Mudirning ta’kidlashicha, “BZR” markali ko‘mir sifatli, katta fraksiyalarga ega, juda quruq va yaxshi yonadi. Hozircha ko‘mir bepul, xayriya asosida berilmayapti, balki shahar hokimligi shahar mahallalarida yashovchi kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalar, nogironlar va muhtoj fuqarolarning ro‘yxatini tez kunlarda yetkazar...
Har xil rusumdagi yuk mashinalari: “ZIL”, “GAZ”, “KamAZ”, “ISUZU” va hatto pikaplar bortiga ko‘mir yuklanishini kutib, saf tortadi. Yuklovchi mashina oldinga va orqaga yurib, mashina bortlarini yoqilg‘iga to‘ldiradi. Shundan so‘ng barcha mashinalar taroziga qo‘yiladi. Har birida roppa-rosa ikki tonna ko‘mir bo‘lishi kerak. Ortiqcha bo‘lsa olinadi, kam bo‘lsa qo‘shiladi.
– Har yili mahalliy ko‘mirni shu omborxonadan olaman, – deydi Nishbash mahallasida yashovchi Abdulqosim Nig‘matov. – Angren konida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatli, deyarli hech qanday begona jinslar yo‘q, eng muhimi, hajmi katta. Ushbu turdagi ko‘mir yaxshi yonadi va yetarli darajada issiqlik hosil qiladi. Pensioner va sobiq ko‘mir konchisi sifatida meni hech qachon rad etishmaydi. Ombor mudiri Muzaffar Ergashev va uning jamoasiga ish samaradorligi uchun rahmat!
– Ombordan zarur ko‘mirni sotib olganimdan xursandman, – deya qo‘shimcha qiladi Qoraxtay qishlog‘ida yashovchi Xolida Burliyeva. – Men ham bir necha yil ketma-ket ombordan olaman. Sifati va miqdori bo‘yicha e’tirozim yo‘q. Chiroyli ortib berishayapti. Rahmat, konchilar va ta’minotchilarga!
Dinara ISLOMOVA
Oxirgi yangiliklar:
Angren – mehnat, jasorat va taraqqiyot shahri
Joriy yil 13-iyun kuni Angren shahri o‘zining qutlug‘ 80 yilligini nishonlaydi. Ayni kunlarda shahar bayram nafasi bilan yashamoqda. Ko‘chalaru xiyobonlarda obodonlas...
O'qish
“O‘zbekko‘mir”: hajm emas, sifat ustuvor – qazib olish siyosati yangilanmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ko‘mir qazib olish hajmining o‘tgan yilga nisbatan qisqartirilishi ayrim media faollarida turli savol va muhokamalarni ke...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ xalqaro ekologik ko‘rgazmada ishtirok etdi
2026-yil 2–4-iyun kunlari Samarqand shahrida Global ekologik jamg‘armaning 8-assambleyasi hamda “Eco Expo Central Asia – 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazku...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda
Ko‘mir narxiga bozor mexanizmlarini joriy etish haqidagi taklif ma’qullandi. Bu, aslida, davr talabi. Chunki har qanday sohada bo‘lgani kabi, ko‘mir sanoatida ham ishl...
O'qish