Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
Nashr qilingan sana: 17.05.2024 08:06:53
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Jamiyat mehnat jamoasi an’anaviy kasb bayramini yuqori mehnat natijalari bilan kutib olmoqdalar. Konlardan ko‘mir qazib olish yil sayin ko‘payib, o‘tgan yili 2019-yildagi 3,5 mln. tonnadan salkam 6 mln. tonnaga yetkazildi. Joriy yilda 6,2 mln. tonna qattiq yoqilg‘i qazib olish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda ushub marrani egallash, iste’molchilarni yetarli va sifatli ko‘mir bilan ta’minlash uchun mavjud imkoniyatlar ishga solinmoqda.
“Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida tashkil etilgan tantanali tadbirda jamiyat bosh direktori V.V.Kuznesov, Angren shahar hokimi Alisher Rayimov,O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Toshkent viloyati kengashi raisi o‘rinbosari O‘tkir Rashidov, jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdunosir Qayumov va boshqalar tadbirda so‘z olib, yig‘ilganlarni ayyom bilan qutlar ekan, konchilarning mashaqqatli mehnatini alohida e’tirof etdilar.

Aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarishni rivojlantirishga samarali hissa qo‘shgan va qo‘shib kelayotgan konchilarning katta guruhiga O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va viloyat kengashlari, Angren shahar hokimligi hamda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan faxriy yorliq, tashakkurnoma, “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir respublika san’at ustalari ishtirokidagi bayram konserti bilan yakunlandi.
Kunning ikkinchi yarmida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri ijodiy jamoasi tomonidan “Jaydari kelin” spektakli namoyish qilindi.


Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish