Ko‘mir qazib olishda innovasion yondashuvlar muhokama qilindi
Nashr qilingan sana: 18.11.2025 23:29:47“O‘zbekko‘mir” AJ va MTTU MISiS Olmaliq filiali o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida jamiyat mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarni ko‘mir qazib olish jarayoni, konlarda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalar, shuningdek, ilmiy yondashuv talab qiladigan masalalar bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv avvalida ishtirokchilarga ko‘mir qazib olish tarixi, ishlab chiqarilayotgan ko‘mir markalari, ularning kaloriya ko‘rsatkichlari, konlarda uchraydigan qo‘shimcha foydali qazilmalar hamda ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan texnikalar haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida institut vakillari tomonidan qator savol va takliflar ilgari surildi. Xususan, ko‘mir qazib olish jarayonida uchraydigan yo‘lakay qazilma — ohaktoshdan samarali foydalanish masalasi muhokama markazida bo‘ldi. Hozirda ushbu jins ag‘darmalarga chiqarib tashlanayotgani qayd etildi. Taklif sifatida ohaktosh qatlamlarini ilmiy asosda o‘rganish, qazib olingan jinsni alohida saqlash va ehtimoliy xaridorlar bilan hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Shuningdek, kon hududining tabiiy va infratuzilmaviy sharoiti bilan bog‘liq omillar — suv ombori, temir yo‘l va avtomobil yo‘llarining yaqinligi, daryo oqimlarining geologik qatlamlarga ta’siri yuzasidan fikr almashildi. Tashqi va ichki ag‘darmalar holati bo‘yicha ham muhokamalar o‘tkazilib, ularning hajm oshishi bilan bog‘liq siljish xavflari qayd etildi. Ayrim tog‘ jinslarini bozor talabidan kelib chiqqan holda manfaatdor tashkilotlarga yetkazib berish orqali kon iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida muhim masalalarni har hafta birgalikda o‘rganib borish va bu asosda ikki tomonlama ish grafigini shakllantirishga kelishib oldilar.
Muhammadsolih Otabekov,
Tashqi iqtisodiy aloqalar va investisiya boshqarmasi mutaxassisi
Oxirgi yangiliklar:
Angren – mehnat, jasorat va taraqqiyot shahri
Joriy yil 13-iyun kuni Angren shahri o‘zining qutlug‘ 80 yilligini nishonlaydi. Ayni kunlarda shahar bayram nafasi bilan yashamoqda. Ko‘chalaru xiyobonlarda obodonlas...
O'qish
“O‘zbekko‘mir”: hajm emas, sifat ustuvor – qazib olish siyosati yangilanmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ko‘mir qazib olish hajmining o‘tgan yilga nisbatan qisqartirilishi ayrim media faollarida turli savol va muhokamalarni ke...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ xalqaro ekologik ko‘rgazmada ishtirok etdi
2026-yil 2–4-iyun kunlari Samarqand shahrida Global ekologik jamg‘armaning 8-assambleyasi hamda “Eco Expo Central Asia – 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazku...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda
Ko‘mir narxiga bozor mexanizmlarini joriy etish haqidagi taklif ma’qullandi. Bu, aslida, davr talabi. Chunki har qanday sohada bo‘lgani kabi, ko‘mir sanoatida ham ishl...
O'qish