Konchi-yoshlar kuchli uchlikdan joy oldi
Nashr qilingan sana: 24.02.2025 04:21:53
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati yoshlari 21-23-fevral kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Chimgan Challenge – 2025” qishki sport festivali doirasida o‘tkazilgan sport o‘yinlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Ushbu festival har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinmoqda va unda mamlakatimizdagi barcha vazirliklar, yuqori turuvchi respublika tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 150 nafarga yaqin sport targ‘ibotchilari ishtirok etdi. “O‘zbekko‘mir” AJ Yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi raisi Davron Abdurahmonov boshliq korxonamiz yoshlari bu galgi tadbirda har qachongidan ham faol qatnashdilar.
Festival kun tartibi bo‘yicha birinchi kuni o‘tkazilgan o‘quv-seminarda Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo‘minjonov, tegishli tarkibiy tuzilmalar boshliqlari Davlatimiz rahbari tomonidan aholi o‘rtasida sportni ommalashtirish borasida ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati tadbir ishtirokchilariga tushuntirildi.
‒ Festival doirasida ikkinchi kuni jamoaviy sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, – deydi Davron Abdurahmonov. – Unda jamiyatimiz yoshlari sportning futbol, mini-futbol, voleybol, streetbol kabi turlari bo‘yicha bellashuvlarda o‘z mahoratlarini yaqqol namoyish qildilar.
Yakunda hakamlarimiz tomonidan g‘oliblar e’lon qilindi. Davron Abdurahmonov, Xolmurod Izzatullayev, Behruz Madaliyevlardan iborat “O‘zbekko‘mir” AJ yoshlar jamoasi voleybol, futbol va streetbol o‘yinlarida sharfli 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobidan kuchli uchlikdan joy oldi.


Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi
O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbir o‘tkazildi O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga q...
O'qish
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJ'ning 2025-yil natijalari
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilda jami 7,137 million tonna ko‘mir qazib olindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 105,5% ni tashkil etdi. Bu haq...
O'qish
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni qizg‘in davom etmoqda
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida “O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xodimlar census.stat.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tis...
O'qish
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” AJ “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. ...
O'qish