Konchilar mehnati e’tirof etildi
Nashr qilingan sana: 16.05.2025 13:03:00

18-may – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan 16-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida kasb bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Konchilarimiz kasb bayramini munosib mehnat sovg‘alari bilan kutib olmoqdalar. Ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish hajmlari yildan-yilga ortib, bu boradagi reja-topshiriqlar muvaffaqiyatli ado etilmoqda. Mashaqqatli va sharafli kasb egalari bo‘lgan konchilarimizni samarali mehnati har qancha tahsinga sazovor.
“Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida tashkil etilgan tantanali tadbirda Shahar hokimi A.Rayimov va jamiyat bosh direktori N.Dusmatov va boshqalar yig‘ilganlarni ayyom bilan qutlar ekan, konchilarning jasoratli mehnatini alohida e’tirof etdilar.
Aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarishni rivojlantirishga samarali hissa qo‘shgan va qo‘shib kelayotgan konchilar va mehnat faxriylarining katta guruhiga O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika va viloyat Kengashlari, Angren shahar hokimligi hamda “O‘zbekko‘mir" AJ tomonidan faxriy yorliq, tashakkurnoma, “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir respublika san’at ustalarining bayram dasturi namoyishi bilan yakunlandi.

Oxirgi yangiliklar:
“Shuhrat” medali – fidoyi mehnat e’tirofi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini muko...
O'qish
Ko‘mir sanoati xodimlari mehnatining yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning...
O'qish
Har bir murojaat nazoratda bo‘ladi
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining...
O'qish
“Yashil makon”: rahbar va yoshlar bir maydonda ko‘chat ekdi
Haftaning har payshanbasi rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan bo‘lib, galdagi uchrashuv “Yashil makon” umummilliy eko harakati doirasida o‘tkazildi. “O‘zbekko‘...
O'qish