Korrupsiya illat,uning oldini olish muhim vazifamizdir
Nashr qilingan sana: 07.04.2023 03:43:12"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida shu mavzuda davra suhbati oʻtkazildi. Jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish (komplayens nazorat) xizmati rahbari Erkin Amanov boshqarib borgan yigʻilishda jamiyat ijro apparati va filiallar rahbar-mutaxassislari ishtirok etdilar.
Tadbirda qayd etilganidek, KORRUPSIYA dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻyayotgan Oʻzbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi koʻrinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli. Shu boisdan ham davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev oʻz vakolatiga kirishishi bilan Prezident sifatida imzo chekkan eng birinchi hujjat "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni boʻldi. Ushbu qonun Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda bu illatga qarshi murosasiz kurashish madaniyatini shakllantirish maqsadida 2017 yil 3 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonuni qabul qilindi.
2020 yil 29 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident farmoni bilan jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatini shakllantirish, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda samaradorligini takomillashtirish maqsadida maxsus vakolatli davlat organi – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Shuningdek , davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar toʻqnashuvini oʻz vaqtida aniqlash va chek qoʻyish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni oʻzida mujassam etgan profilaktik tizim ‒ Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati tashkil etildi.
Tadbirda Angren shahar adliya boʻlimi vakili Rashid Husanov soʻzga chiqib, yigʻilganlarga korrupsiya va uning kelib chiqish sabablari hamda bunday illatga barham berish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar xususida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.
Bugungi kunda korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda. Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisida "Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi va bir ovozdan maʼqullandi.
Tadbirda Angren shahar prokurorining yordamchi, adliya katta maslahatchisi Muhammadzohid Nabijonov ana shular haqida soʻz yuritib, qonun bilan korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qancha normalar haqida maʼlumotlar berib oʻtdi.
Tadbirda soʻz olgan Angren shahar adliya boʻlimi vakili Zuhriddin Malikov va boshqalar korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlatning balki, barcha fuqarolarning burchi ekanligi, ushbu illatni faqat birgalikda yengish mumkinligi xususida fikr-mulohazalari va takliflari bilan oʻrtoqlashdilar.
Tadbirda yigʻilganlar kun tartibidagi mavzuga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Seminar yakunida "Nafs iskanjasi" videofilmi namoyish etildi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish